Davron Fayziev: "CHempionlikka tasir ko'rsatishga harakat qildik"
08 noy 2013 17:22
Yangiliklar


Davron Fayziev: "CHempionlikka tasir ko'rsatishga harakat qildik"
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida jixxazliklar ustozi qatnashdi.
- Juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Lekin natija biz hoxlagandek bo'lmadi. Hamma bizni boshqa jamoalarga solishtirishadi. Biz ham “Bunyodkor” kabi shakllanishimizga bir qancha yillar kerak. Tan olish ham mard kishining ishi. Darvozabonimiz o'tgan o'yinda jarohati bilan o'z postini qo'riqlagandi. SHu bois uni ukol yordamida o'yinga tayyorladik. Uning to'liq tayyor emasligi bilinib qoldi. CHempionlikka tasir ko'rsatishga va sensaciya ko'rsatishga harakat qildik. Rostini aytsam, yurtimizda yangi chempion nomini tanitishga intildik. Biroq rejalarimiz amalga oshmadi. O'z oldimizga qo'ygan vazifani uch tur oldin bajarib bo'lganimiz bois, o'zimizni biroz erkinroq his qildik. Bu ham albatta o'z tasirini ko'rsatdi, - deydi Davron Fayziev.

Fikrlar