Dani Alves "Barselona"ni klub afsonalariga munosabati uchun tanqid qildi
11 iyu 2022 21:12
Yangiliklar
Dani Alves "Barselona"ni klub afsonalariga munosabati uchun tanqid qildi
39 yoshli braziliyalik himoyachi 2008 yildan 2016 yilgacha va 2021 yilning noyabridan 2022 yilning iyunigacha "ko'k-anorranglilar" safida o'ynagan.
"Jamoani xafa bo'lgan holda tark etmayman. "Barselona"ga qaytganim uchun baxtli holda ketaman. Bunday lahzalarni besh yil davomida orzu qilardim. Menga yoqmagan yagona narsa - xayrlashuv chog'i qanday kechgani edi.
Kelganimdan beri 20 yoshda emasligimni va hamma narsa to'g'ridan-to'g'ri, yashirmasdan bajarilishini xohlayotganimni aniq aytdim. Klub esa so'nggi yillarda aksincha xato ish qildi. "Barselona" klub tarixini yaratgan insonlar haqida qayg'urmaydi. "Barselona" muxlisi sifatida men klub boshqacha yo'l tutishini istardim. O'zim haqimda gapirmayapman, chunki mening vaziyatim boshqacha scenariy edi. Meni qaytargani uchun Xavi va klub prezidentidan cheksiz minnatdorman.
"Maydonda aql bovar qilmaydigan istedodga ega yosh futbolchilar jamlangan klubga tashrif buyurgandim. Ammo "Barselona" o'zining maydondan tashqaridagi fazilatlarini yaxshilashi kerak. Maydonda sodir bo'layotgan hamma narsa tashqarida sodir bo'layotgan voqealarning aksidir", - dedi Alves.
Fikrlar