Janni Infantino o'zbek sporti rahbariyati bilan hamkorlikda Olimpiya shaharchasida bo'ldi
08 sen 15:35
Yangiliklar
Janni Infantino o'zbek sporti rahbariyati bilan hamkorlikda Olimpiya shaharchasida bo'ldi
Janni Infantino boshchiligidagi FIFA delegaciyasi O'zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamda boshqa rasmiylar hamrohligida Toshkent shahrida barpo etilgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.
2022 yil 9 noyabrda qurilishi boshlangan Olimpiya shaharchasi xalqimizning yuksak bunyodkorlik salohiyati va o'zbek sportining olamshumul yutuqlari ramziga aylanishi, memoriy jihatdan mukammalligi, energiya tejamkorligi hamda eng ilg'or innovacion echimlarni mujassam qilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.





100 gektardan ortiq maydonda qad rostlagan mazkur majmua o'zida bir nechta sport turlari uchun mo'ljallangan zamonaviy inshootlarni birlashtiradi. Ular ko'p funkciyali bo'lib, turli sport turlari bo'yicha xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o'tkazishga to'liq tayyor hisoblanadi.
FIFA prezidenti Janni Infantino o'z navbatida ushbu sport infratuzilmasini yuksak baholab, O'zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va yaratilayotgan zamonaviy sharoitlarni etirof etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar