Yamal Turkiyada pasportini yo'qotdi
08 sen 2025 13:12
Yangiliklar
Yamal Turkiyada pasportini yo'qotdi
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" vingeri Lamin Yamal Turkiyani tark etishdan oldin pasportini topa olmadi.
Bu haqda "Beyaz Futbol" xabar berdi.
Yakshanba kuni Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Turkiya terma jamoasini 6:0 hisobida mag'lub etdi, Yamal ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
18 yoshli hujumkor yarim himoyachi kiyim almashtirish xonasida hujjatini uzoq vaqt qidirdi, ammo baribir topolmadi. Yulduz futbolchi hozirgi sharoitda vataniga qanday qaytishi hozircha nomalum.
Shuningdek, hujjat jamoa avtobusida yoki aeroportdan mehmonxonaga jo'nash vaqtida yo'qolgan bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.
Yamal Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 3 o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimida 2+3 ochko yig'di.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar