So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  3 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  6 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  2 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  7 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  82 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  6 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  9 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" - AGMK uchrashuvi jangovar durang bilan yakunlandi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" - AGMK uchrashuvi jangovar durang bilan yakunlandi

Coca Cola Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - AGMK uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

Coca Cola Superliga. 9-tur
13 iyul, dushanba
20:00 - PAXTAKOR – AGMK 2:2
Hakamlar
: SHerzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, Rustam CHoriev.
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: SHohruh Said.

Gollar: Amanov 33, Zonich 53, Sergeev 71, Hamdamov 74.

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov (4.Akrom Komilov 89), 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 15.Egor Krimec ( 23.SHerzod Azamov 26), 17.Dostonbek Hamdamov (99.Javohir Sidiqov 89), 20.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (21.Abror Ismoilov 46), 34.Farruh Sayfiev, 77.Eren Derdiyok (11.Igor Sergeev 60)
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 7.Sadriddin Abdullaev,14.Humoyunmirzo Iminov, 29.Vladimir Kozak.

AGMK - 32.Suhrob Sultonov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov (2.Akmal SHorahmedov 46), 3.Sardor Rahmonov, 88.Igor Zonich, 11.Murod Toshmatov - 4.Mirjamol Qosimov (6.Erkin Baydullaev 46), 23.Yovan Jokich - 77.Arslonmirat Amanov (31.Saydullo Rahmatov 80), 18.Bahrom Abduraximov (10.SHahzod Nurmatov 56), 8.Hojimat Erkinov - 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov 67).
Zaxira: 35.Valijon Raximov, 17.Sanjar Tursunov, 30.Jasur Umarov, 44.Boburbek Yuldashev.

Ogohlantirish: Masharipov 89.

MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi! 1 va 2-o'rindagi jamoalar o'rtasidagi bahsda jangovar - 2:2 hisobi qayd etildi!

90+3. "Paxtakor" yana xavfli hujum tashkil etdi. Biroq, Sultonov to'pni egallab oldi. 

90+2. AGMK tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Lekin vaziyat "offsayd" bilan yakunlandi. 

90+1. CHeraaann! Bosh bilan berilgan zarbani Sultonov qaytarib qoldi! Seyv!

90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

89. "Paxtakor"da ikkita o'zgarish. Hamdamov o'rniga Siddiqov, Alijonov o'rniga Komilov maydonga tushdi. 

87. Erkinovdan yana bir zarbaaa. Biroz noaniq...

84. AGMK oldinga o'tmoqda.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


81. "Paxtakor"ning navbatdagi hujumi. Sultonov to'pni qaytarib yubordi. 

80. AGMKda yana bir o'zgarish. Amanov o'rniga Saydullo Rahmatov tushdi.

79. Hojimat Erkinovning zarbasi burchak to'pi bilan yakunlanadi.

75. "Paxtakor" futbolchilari yana bitta xavfli zarbani amalga oshirishdi. Biroz noaniq. 

74. Yana bitta goll! Dostonbek Hamdamov o'ng oyog'i bilan Hamrobekovning etkazib bergan to'pini golga aylantirmoqda - 2:2!


(Foto: Jahongir Fayzullaev)


72. GOOL! Igor Sergeev burchak zarbasidan so'ng boshi bilan raqib darbozasini ishg'ol etmoqda - 1:2!

70. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" futbolchisining boshi bilan bergan zarbasini mehmonlar darvozaboni Suhrob Sultonov egallab oldi. 

67. Mate Vatsadze o'rniga Zafar Polvonov maydonga tushdi.

65. Hojimat Erkinov ajoyib reyd amalga oshirgandi. Lekin uning chap oyoqdagi zarbasini Eldor Suyunov ushlab oldi. 

63. Maydonda AGMK futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

60. Derdiyok o'rniga Igor Sergeev o'yinni davom ettiradi.

56. Zarbaaa! Amanovning jarimadan bergan kuchli zarbasini Suyunov qiyinchilik bilan egallab oldi. 

56. AGMKda yana o'zgarish. Bahrom Abdurahimov o'rniga SHahzod Nurmatov maydonga tushdi.

55. Mana bu kutilmagan o'yin. AGMK yana oldinga o'tmoqda! Jarima zarbasi tepiladi.

53. GOOL! Penaltini Jokich aniq amalga oshirdi! 0:2!

52. Penalti! "Paxtakor" futbolchisi AGMK hujumchisining zarbasini qo'li bilan bartaraf etmoqda.

51. "Paxtakor" kichik paslar orqali oldinga o'tishga urinmoqda.

48. Ikkinchi bo'limni "sherlar" faol boshlashdi. 

46. "Paxtakor"da esa Sobirxo'jaev o'rniga Abror Ismoilov o'yinni davom ettiradi.

46. Tanaffusda AGMK tarkibida o'zgarish ro'y berdi: Mirjamol Qosimov o'rniga Erkin Baydullaev, Mirg'iyos Sulaymonov o'rniga Akmal SHorahmedov tushirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Hakam 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


42. Derdiyok tomonidan berilgan zarbani Sultonov ushlab oldi. 

41. Sardor Sobirxo'jaevning bergan zarbasini AGMK darvozaboni bartaraf etdi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


35. Hojimat Erkinovda yana bir ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Biroq u vaziyatni golga aylantira olmadi. 

33. GOOOL!!! Amanov boshi bilan zarba bergan holda Eldor Suyunov darvozasini ishg'ol qilmoqda. Ushbu vaziyatda unga o'ng qanotdan Hojimat Erkinov to'pni etkazib bergandi. 

29. AGMKning navbatdagi hujumi Suyunovning to'pni egallab olishi bilan yakunlandi. 

27. Hamdamovvv! Raqib darvozasiga yaqin joyda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


26. "Paxtakor"da kutilmagan o'zgarish. Egor Krimec o'rniga SHerzod Azamov o'yinni davom ettiradi. Mezbonlar sardori jarohat oldi shekilli. U sardorlik bog'ichini Masharipovga topshirib ketdi. 

23. Derdiyokning bergan zarbasi ham noaniq.

22. AGMK futbolchilari raqib xatosidan foydalangan holda to'pni olib qo'yishdi. Biroq, Arslanmirat Amanovning uzoqdan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. 

18. Qayd etish lozimki, mehmonlar safida Tursunov, Yo'ldoshev va Grigalashvili kabi futbolchilarning jarohati bor. SHu sababli, bugun Mirjalol Qosimov ushbu futbolchilar xizmatidan foydalana olmayapti. Umuman olib aytganimizda, Superligani diqqat bilan kuzatib kelayotgan muxlislarimiz yaxshi bilishadi: AGMK restartdan so'ng ko'plab rotaciyalarni amalga oshirmoqda.

15. Davom etamiz.

14. AGMK posboni Suhrob Sultonov kichik jarohat oldi shekilli. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

12. Jamoalar ketma-ket hujumlar uyushtirishmoqda.

10. Xavfli vaziyattttt! Farrux Sayfievda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Lekin uning bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


7. Derdiyok hujumda fol ishlatdi. Mehmonlar erkin jarima zarbasini berishadi. 

4. AGMKning hujumi Sulaymonovning noaniq pasi bilan yakunlandi. 

2. Maydon markaziga yaqin joyda Masharipovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. 

1. Uchrashuv boshlandi! Turnir jadvalida 1 va 2-o'rinlarni egallab turgan jamoalar bahsi qiziqarli kechishiga umid qilamiz!

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun biz birgalikda turning markaziy uchrashuvini kuzatib boramiz. 

Paxtakor

Igor Sergeyev - 71', Dostonbek Hamdamov - 74'

Superliga. 9-tur

13/07/2020, 20:00

2
:
2
Tugadi

OKMK

Arslanmirat Amanov - 33', Yovan ZHokich - 53'

Bosh hakam: SHerzod Qosimov

45'
90'
26'  Egor Krimets (Sherzod A’zamov)
46'  Sardor Sobirxo’jayev (Abror Ismoilov)
60'  Eren Derdiyok (Igor Sergeyev)
71'  Igor Sergeyev
71'  Odiljon Hamrobekov
74'  Dostonbek Hamdamov
74'  Odiljon Hamrobekov
89'  Jaloliddin Masharipov
89'  Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov)
89'  Xozhiakbar Alizhonov (Akrom Komilov)
33'  Arslanmirat Amanov
33'  Xojimat Erkinov
46'  Mirjamol Qosimov (Erkin Baydullaev)
46'  Mirg’iyos Sulaymonov (Akmal Shorahmedov)
53'  Yovan ZHokich
56'  Bahrom Abdurahimov (Shahzodbek Nurmatov)
67'  Mate Vatsadze (Zafar Polvonov)
80'  Arslanmirat Amanov (Saidullo Rahmatov)

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика