So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  8 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  3 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

Coca Cola Superligasi-2023. Eng ko'p zarbani Toshkent klubi yo'llagan, aniqlik bobida esa vodiy jamoasi etakchi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi-2023. Eng ko'p zarbani Toshkent klubi yo'llagan, aniqlik bobida esa vodiy jamoasi etakchi

Malumotlar O'zPFL rasmiy sayti va Flashscore ilovasidagi ko'rsatkichlarga asosan shakllantirildi.

Coca Cola Superligasining 2023 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi. SHu munosabat bilan raqib darvozasi yonida xavf yarata olgan jamoalarga oid ko'rsatkichlar bilan tanishamiz.

Statistika O'zPFL rasmiy sayti hamda Flashscore ilovasidagi ko'rsatkichlar asosida shakllantirildi. Mazkur jadval sizning hisob-kitoblaringizdan farqlanishi mumkin.

Mamlakat chempioni "Paxtakor" klublar ichida eng ko'p marotaba raqiblari darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rgan — 291 ta. Namanganning "Navbahor" klubida esa bu ko'rsatkich 286 tani tashkil etsa, kuchli uchlikka 285 zarba bilan "Nasaf" yakun yasagan.

Bu borada so'nggi o'rinni "Surxon" klubi qayd etgan. Sergey Arslanov shogirdlari 179 marotaba o'z omadlarini sinab ko'rgan. "Buxoro" 213 bor zarba yo'llashga harakat qilgan bo'lsa, "Turon"da bu ko'rsatkich 221 tani tashkil etadi.

1."Paxtakor" — 291 zarba;

2."Navbahor" — 286 zarba;

3."Nasaf" — 285 zarba;

4.OKMK — 281 zarba;

5."So'g'diyona" — 278 zarba;

6."Neftchi" — 255 zarba;

7."Qizilqum" — 242 zarba;

8."Metallurg" — 236 zarba;

9."Olimpik" — 235 zarba;

10."Bunyodkor" — 230 zarba;

11."Andijon" — 229 zarba;

12."Turon" — 221 zarba;

13."Buxoro" — 213 zarba;

14."Surxon" — 179 zarba.

Aniqlik borasida esa "Navbahor" etakchi bo'lgan, namanganliklarning 137 zarbasi aniq yo'llangan. "Paxtakor" va OKMKda bu ko'rsatkich 126 tani tashkil etgan. 

Teskari tartibda esa "Buxoro" eng yomon natijani qayd etgan, Ulug'bek Bakaev shogirdlarining bor-yo'g'i 72 zarbasi mo'ljal tomon og'ishmasdan etib borgan. "Turon"ning 80, "Andijon"ning 86 zarbasi noaniq ko'rinish olmagan.

1."Navbahor" — 137 aniq zarba;

2."Paxtakor" — 126 aniq zarba;

3.OKMK — 126 aniq zarba;

4."Nasaf" — 115 aniq zarba;

5."Neftchi" — 113 aniq zarba;

6."So'g'diyona" — 104 aniq zarba;

7."Qizilqum" — 102 aniq zarba;

8."Metallurg" — 97 aniq zarba;

9."Bunyodkor" — 88 aniq zarba;

10."Surxon" — 88 aniq zarba;

11."Olimpik" — 86 aniq zarba;

12."Andijon" — 86 aniq zarba;

13."Turon" — 80 aniq zarba;

14."Buxoro" — 72 aniq zarba.

Superliga. 2023 yilning umumiy statistikasi

Coca Cola Superligasi. Ikkinchi davraning esda qolarli lahzalari

Coca Cola Superligasi-2023. Murabbiylardan sara iqtiboslar


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика