So’nggi yangiliklar

00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3

Kichik Peledan Maradona Juniorgacha: yashil maydonda omadi chopmagan farzandlar Yangiliklar

Kichik Peledan Maradona Juniorgacha: yashil maydonda omadi chopmagan farzandlar

Bir necha kun muqaddam afsonaviy futbolchi Franchesko Tottining o'g'li Kristian Totti 19 yoshidayoq "butsalarini mixga ilganini" malum qildi. Shu munosabat bilan mashhur "charm to'p ustalari"ning yo'lini munosib davom ettira olmagan o'g'illarini yodga olamiz.

Bazan mashhur futbolchilarning farzandlari ommaviy etibor markazida ulg'aygan bo'lsa-da, ulug'vor nomga munosib darajada muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Ular bolalikdanoq istedodlarini emas, balki otalarining merosini doimiy ravishda isbotlashga majbur bo'ladilar. Agar maydonda yaxshi o'yin namoyish etishsa – maqtovlar yog'diradi, aks holda tanqidlarga duch kelishadi. Ko'pincha "Otangdek bo'la olmaysan" degan mulohazalar ularni faoliyat yo'lini qayta ko'rib chiqishga majbur etadi.

Shu bois, bazi yoshlar taniqli familiya orqali kelgan masuliyatdan qochish maqsadida o'zlariga yangicha, balki jamoatchilik diqqatidan ancha uzoq sohalarda imkoniyat izlashni maqul ko'radilar.

Futbol butsasini mixga ilgan so'nggi mashhur familiya egasi – Kristian Totti bo'ldi. U yigirma yoshiga etmasdan futbolchilikni tark etib, murabbiylik faoliyatini boshlashga qaror qildi. Kristianga Totti familiyasi martaba emas, balki elkadagi og'ir yuk bo'lib qoldi.

Bunday taqdirlar futbol tarixida kam emas. Enco Zidan, Kristiano Maldini, Diego Armando Maradona Junior kabi mashhur futbolchilarning farzandlari ham o'z yo'llarini izlar ekan, doimiy taqqoslar, umidlar va bosimlar ostida yashashga majbur bo'lishdi. Endilikda Franchesko Tottining o'g'li Kristian ham ana shu ro'yxatga qo'shildi.


Kristian Totti

Kristian Totti futbolchilik faoliyatini "Roma" akademiyasida boshlagan va keyinchalik jamoaning 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar tarkibiga ko'tarilgan. So'nggi ikki yil ichida u Italiya va Ispaniya klublari – "Frozinone", "Rayo Valekano", "Aveccano" hamda "Olbiya" jamoalari safida to'p surdi. Biroq keyin futboldagi yo'lini tugatish va yangi hayotga qadam qo'yish haqida qaror qabul qildi.

Hozirgi kunda u Rimda joylashgan Totti futbol maktabida texnik xodim sifatida faoliyat yuritmoqda. Kristiani kelajakdagi maqsadi aniq – u murabbiylikka intilayotgan yosh mutaxassislardan biri.

Shuni takidlash joizki, u hali yigirma yoshda. Bu esa uning yangi yo'lda o'zini namoyon etishi, qayta tug'ilish va rivojlanish uchun etarlicha vaqt va imkoniyatga ega ekanligini anglatadi.

Enco Zidan

Zinedin Zidan o'g'liga Enco ismini Urugvay afsonasi – Enco Francheskoli sharafiga qo'ygan. Biroq bolalikdanoq u o'zini otasining katta nomidan uzoqroq tutishga intilib, maktabda ham, "Real Madrid" yoshlar jamoasida ham onasining familiyasi – Fernandes bilan tanilishni maqul ko'rdi. Axir, familiyangiz Zidan bo'lsa va sizning poziciyangiz hujum ortidagi o'yin bo'lsa, sizdan g'ayrioddiy mahorat va natijalar kutiladi.

Enco, o'zi istagani kabi, shunchaki Enco yoki Fernandes bo'lib qolishni xohladi. Ammo futbolchi sifatidagi faoliyati, katta umidlarga qaramay, murakkab yo'lni bosib o'tdi. 29 yoshida "Real Madrid" asosiy jamoasida debyut qilganidan so'ng Evropaning turli mamlakatlarida samarasiz karera bilan cheklandi va keyin futboldan voz kechdi.

Faoliyatini yakunlar ekan, u shunday deya takidlagan edi: "Men yillar davomida mish-mishlar, g'iybatlar va nohaq gap-so'zlar bilan kurashdim. Odamlar sizning harakatingizga emas, familiyangizga qarab baholaydi. Ular senga ishonmaydi, seni kimningdir yordami bilan kelgan deb o'ylashadi".

Shuningdek, u "Real Madrid"dagi debyutini unutilmas tarzda boshlagan edi – otasi Zinedin Zidan bosh murabbiylik qilayotgan paytda o'yinda maydonga tushib, gol kiritgan. Ertaga kunning barcha gazetalari "Bernabeu"da yana bir Zidan" sarlavhasi bilan chiqdi. Biroq hech kim o'shanda – bu yorqin debyut uning "Real" libosidagi yagona o'yini va karerasining eng yuqori nuqtasi, ayni paytda esa pasayishning boshlanishi bo'lib qolishini taxmin qilmagandi.

Kristian Maldini

1996 yilda tug'ilgan futbolchi Kristian Maldini 27 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Uning futboldagi so'nggi yillari Italiya S Seriyasidagi "Lekko" jamoasida o'tdi, undan avval esa "Pro Sesto" safida to'p surgan.

Otasi – italiyalik afsonaviy himoyachi Paolo Maldini singari, Kristian ham markaziy va qanot himoyachisi poziciyalarida harakat qilgan. Biroq futboldagi faoliyatini nisbatan erta tugatib, u yangi yo'nalishni tanladi: agentlik sohasi.

Ayni paytda Kristian Maldini mashhur agent Juzeppe Rizo bilan hamkorlikda ish olib borib, futbolchilarni tanlash va ularning karerasini boshqarishda faol ishtirok etmoqda.

Edino

U umri davomida bir og'ir masuliyat – Peledan keyingi "Pele" bo'lish yuki bilan yashashga majbur bo'ldi. Afsonaviy futbolchi Pelening to'ng'ich farzandi bo'lgan Edino futbol faoliyatini boshlar ekan, otasidan farqli ravishda darvozabon poziciyasini tanladi. Biroq uning sportdagi yo'li uzoq davom etmadi va professional karerasining yakunlanishi bilan shaxsiy hayotida jiddiy qiyinchiliklar boshlandi.

Kareradan keyin u jinoiy muhit tasiriga tushib qoldi va bu vaziyatdan chiqib keta olmadi. 2005 yilda San-Paulu shahrida xalqaro giyohvand moddalar savdosida ishtirok etganlik ayblovi bilan hibsga olindi. Bir necha yillik qamoq jazosidan so'ng ozodlikka chiqdi, ammo 2014 yilda yana o'sha yo'lga qaytdi – giyohvand moddalar savdosi va pul yuvishda ayblanib, 33 yil ozodlikdan mahrum etildi. Keyinchalik ushbu jazo muddati 12 yilga qisqartirildi.

Andrea Manchini

Yoshlik yillarida dunyoning yarmida tajriba orttirgan Andrea Manchini futbolchi sifatidagi safarini etarli, deb hisobladi va yangi yo'lni tanladi. Uning professional faoliyati "Inter" klubi yoshlar jamoasida boshlangan bo'lib, keyinchalik "Monca", "Bolonya" hamda Angliyaning "Manchester Siti" klublarida davom etdi. Shundan so'ng Niderlandiya, Ispaniya, Vengriya va Amerika Qo'shma Shtatlarida futbolchilik faoliyatini davom ettirdi.

Xalqaro maydonda orttirilgan boy tajriba, turli chempionatlar va jamoalar haqida chuqur bilim Manchinini futbolda boshqa maqsad sari yo'llashga undadi. U o'z oldiga aniq maqsad qo'ydi: iqtidorli yosh futbolchilarni izlab topish va ularni katta futbolga olib chiqish. Bugungi kunda Andrea Manchini "Sampdoriya" klubida sport direktori sifatida faoliyat olib bormoqda.

U ilgari "Barselona" klubida Deku bilan hamkorlik qilgan, Italiyadagi ko'plab futbolchilar bilan samarali aloqalar o'rnatgan. Hozirda esa u otasi – Roberto Manchini futbolchilik faoliyatida barcha yutuqlarga erishgan "Jenoa"ga qaytdi.

Diego Armando Maradona Junior

Neapolda Maradona ismi va familiyasi shunchalik masuliyatli va tasirliki, go'yo elkaga yuk bo'lib tushadi — xuddi xarsangtoshdek. Faqatgina afsonaviy futbolchi Diego Armando Maradonaning to'ng'ich farzandi bo'lish emas, balki uning nomini olib yurishning o'zi ham katta bosimni talab qiladi.

Diego Armando Maradona kichik professional futbolda yuqori natijalarga erisha olmadi. Keyinchalik u bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida shunday deydi: "Men bunday bosimni ko'tara olmadim."

Shu bilan birga, u sport sohasida faoliyatni to'xtatmadi. Italiya plyaj futboli milliy terma jamoasi safida Evropa va jahon chempionatlarida ishtirok etib, o'zini boshqa yo'nalishda namoyon qildi. Ayni paytda esa u Ispaniyaning beshinchi diviziyasida joylashgan "Ibarra" jamoasida murabbiy sifatida ish olib bormoqda.

Jorj Vea Junior

Agar bir Vea futbol tarixida buyuk chempion sifatida tanilgan bo'lsa, yana biri, yani ikkinchi farzand – bugungi kunda A Seriyaning etakchi jamoalaridan biri "Yuventus" safida to'p tepmoqda, uchinchi farzand esa hayotning boshqa burilishlarida qolib ketdi.

Kichik Jorj Vea Milanda ulg'aygan, bir paytlar katta umidlar bilan qaralgan edi. Ammo shon-shuhrat izlab turli mamlakatlarda o'z yo'lini topishga uringan bu yigit kutilgan natijalarga erisha olmadi. 2014 yil may oyida u "Pari Sen-Jermen" klubining zaxira jamoasi tarkibida Championnat de France Amateur'da debyut qilgan bo'lsa-da, bu uning futboldagi yagona jiddiy chiqishi bo'lib qoldi.

U maydonda emas, balki uning tashqarisidagi harakatlari bilan omma etiboriga tusha boshladi. 2021 yilda Parijda belgilangan komendantlik soatiga rioya qilmasdan, shovqinli uy ziyofati uyushtirgani uchun hibsga olindi. Bu voqea otasi, Liberiya prezidenti Jorj Vea va Franciya rasmiylari o'rtasida kichik diplomatik muammoga sabab bo'ldi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
29 iyu 14:48:20
DAVLATYOR KARIMOV (mrgeograph)
Энрике Кеза - Федерико Кеза
Патрик Клюверт - Жастин Клюверт
Лилиан Тюрам - Маркус Тюрам
Aлф-Инге Холанд - Эрлинг Холанд
Питер Шмейхел - Каспер Шмейхел
Диего Симеоне - Жованни Симеоне
Жордан Ларссон - Хенрик Ларссон
Янис Хаджи - Георги Хаджи
   
29 iyu 20:56:41
L.i.v.e.r.p.o.o.l
DAVLATYOR KARIMOV (mrgeograph) foydalanuvchining fikriga javob berish
Энрике Кеза - Федерико Кеза Патрик Клюверт - Жастин Клюверт Лилиан Тюрам - Маркус Тюрам Aлф-Инге Холанд - Эрлинг Холанд Питер Шмейхел - Каспер Шмейхел Диего Симеоне - Жованни Симеоне Жордан Ларссон - Хенрик Ларссон Янис Хаджи - Георги Хаджи
Bular hammasi futbolda o‘z o‘rnini topgan. Mavzuni tushunmapsiz shekilli.
   
29 iyu 14:45:33
HAVASKOR JURNALIST
Bonus kutgan edik
-1   
29 iyu 14:58:37
БЕК@
Миржалол Қосимовнинг катта ўғли Миркамол Қосимовни ҳам қўшмабсизларда
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика