

"Fiorentina" hujumchisi Edin Jeko "Shalke"ga o'tish arafasida turibdi. Jurnalist Patrik Bergerning ma'lum qilishicha, bosniyalik futbolchi ikkinchi Bundesliga peshqadami bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Ayni paytda klublar o'rtasida transfer bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Jekoning "Fiorentina" bilan shartnomasi iyun oyida nihoyasiga etadi. Joriy mavsumda 39 yoshli hujumchi A Seriyada 11ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa-da, birorta ham samarali harakat ko'rsata olmadi.



