So’nggi yangiliklar

14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  1 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  5 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5

Zeytullaev, Aliboev, Yo'ldoshev va Jiyanov - Superligada 14-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Zeytullaev, Aliboev, Yo'ldoshev va Jiyanov - Superligada 14-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 14-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi darvozaboni – Shukron Yo'ldoshev ("Navbahor")

"Navbahor" bu tur o'z maydonida "Mashal"ni qabul qilib, 6:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu g'alaba qo'lga kiritilishida mezbonlar posboni Yo'ldoshevning o'rni katta. U uchrashuv mobaynida, bir qator vaziyatlarda jamoasini gollardan asrab qoldi. Shunday qilib, Shukron Yo'ldoshev Championat.asia talqinida 14-turining eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi murabbiyi – Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu turda neytral maydonda "So'g'diyona"ni irodali tarzda mag'lub etdi - 3:2. Uchrashuv davomida Jizzax klubi 2:0 hisobida oldinda edi, biroq "qaldirg'ochlar" ustozi zaxiradan maydonga tushirgan futbolchilari yordamida kambek amalga oshirishdi. Shu tariqa, Ilyos Zeytullaev Championat.asia talqiniga ko'ra ketma-ket ikkinchi bor turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi futbolchisi – Ruslanbek Jiyanov ("Navbahor")

"Navbahor" bu tur "Mashal"ni yirik hisobda (6:0) taslim qilishida Ruslanbek Jiyanov katta rol o'ynadi. Futbolchi gol urishdan tashqari uchta golli uzatmani amalga oshirdi. "Lochinlar" qanot futbolchisi kuchli raqobatda Championat.asia talqiniga ko'ra, 14-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng chiroyli goli muallifi – Ikrom Aliboev ("Neftchi")

"Neftchi" bu turda Navoiyda "Qizilqum" maydonida durang o'ynadi - 1:1. Bahsning 68-daqiqasida farg'onaliklar yarim himoyachisi Ikrom Aliboev uzoq masofadan kuchli zarba bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi va supergol muallifiga aylandi. Shunday qilib, Aliboev Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика