Hindiston terma jamoasi CAFA musobaqasida Malayziya o'rnini egallaydi
29 iyu 12:55
Yangiliklar


Hindiston terma jamoasi CAFA musobaqasida Malayziya o'rnini egallaydi
"ASEAN FOOTBALL" xabariga ko'ra, Hindiston terma jamoasi CAFA turniri "B" guruhida qatnashadi.
Hindistonliklar Tojikiston, Eron va Afg'oniston bilan bahs olib boradi. Bu jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarga Tojikiston mezbon bo'ladi.
Hindiston terma jamoasi Osiyo Kubogi saralash o'yinlariga hozirlik ko'rmoqda. Ayni paytda jamoada bosh murabbiy yo'q.
Eslatib o'tamiz, CAFA musobaqasi "A" guruhida O'zbekiston, Qirg'iz RespublikasI, Turkmaniston va O'mon terma jamoalari o'rin olgan. Guruhlar g'oliblari finalda, ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar bronza uchun o'ynaydi. Turnir 29 avgustdan 8 sentyabrgacha bo'lib o'tadi.
Avvalroq Instagram orqali murabbiy izlayotgan Hindiston Xaviga rad javobini bergan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar