Instagram orqali murabbiy izlayotgan Hindiston Xaviga rad javobini berdi

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2025, 13:50
“Barselona” sobiq ustozi Xavi Ernandes Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga ariza topshirgan, biroq uning nomzodi rad etilgan.

"Times of India" xabariga ko'ra, sobiq futbolchining arizasi AIFF (Hindiston futbol federatsiyasi) texnik qo'mitasi tomonidan rad etilgan. Rad etish sababi federatsiya uchun mos bo'lmagan moliyaviy talab bo'lishi mumkin.

Hindiston terma jamoasidagi bo'sh o'rin uchun 170 nafar mutaxassis hujjat topshirgan. Xolid Jamil, Stiven Konstantin va Stefan Tarkovich yakuniy short-listga kirgan. 

Yangi murabbiy bo'yicha qaror AIFF ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida qabul qilinadi.

Avvalroq Hindiston futbol federatsiyasi terma jamoaga Instagram orqali bosh murabbiy qidirayotgani ma'lum bo'lgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Times of India