

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
"Zabihillo O'rinboevga Superligadan "Andijon", OKMK, "Bunyodkor" klublari qiziqmoqda.
Shuningdek, unga Osiyodan Malayziya, Qatar, Saudiya Arabistoni (1-liga) klublaridan ham qiziqish bor", – deyiladi xabarda.
30 yoshli forvard yakunlangan mavsum 29 o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali tajribali o'yinchini 200 ming evroga baholamoqda.



