OCHL-2. "Nasaf" mehmonda "Al Xaldiya" bilan nursiz durang o'ynadi

16 sen 2026, 22:50
Osiyo Chempionlar ligasi-2 1-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

OCHL-2. 1-tur

16 sentyabr, 2026 yil. Riffa, "Bahrayn Milliy" stadioni

"Al Xaldiya" (Bahrayn) - "Nasaf" (O'zbekiston) 0:0

Hakamlar: Vivat Jumpaoon, Pattarapong Kijsatit, Chotravee Tongduang (Tailand), Mahmud Al-Savalmeh (Iordaniya)

Nazoratchi: Abdulla Muhammad Blaidah (Qatar)

Komissar: Bassem El-Zuhairi (Livan)

"Al Xaldiya": 33.Muhammad El-G'arabli, 3.Muhammad Adel, 6.Valid Sabbar (2.Sayed Diya Said, 78’), 9.Gleyson Uilson (17.Hazza Ali, 87’), 15.Rashid Bumessus, 20.Sayf-Eddin Buhra (7.Nizar El-Otmani, 78’), 21.Dominik Mendi, 24.Darko Velkovski, 25.Domagoy Drozdek, 28.Patrik Masvangani (11.Yaya Al-Haj Usman, 78’), 30.Ussama Fraj

Zaxira: 1.Muhammad Al-Hallaqi, 41.Rikardo Manuel, 5.Seydina Dabo, 8.Klayd O'Konnell, 10.Mahdi Humaidan, 14.Badar Bashir, 23.Abdelhak Assal

"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 4.Akromjon Komilov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 79’), 5.G'olib G'aybullaev, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 10.Bobur Abdiholiqov (20.Yusuf Otubanjo, 78’), 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 70.Abbosjon G'ulomov, 92.Umarbek Eshmurodov

Zaxira: 82.Asilbek No'monov, 34.Asadbek Ramilov, 40.Behruz Soatov, 76.Zafar Sadullaev, 77.Paata Gudushauri, 80.Davronbek Usmonov

Ogohlantirishlar: 45 - Rashid Bumessus

90+4. O'yin yakunlandi.

90+4. Alining zarbasi kuchsiz chiqdi.

90+1. Otubanjoning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasidan so'ng to'pni himoyachilar qaytarishdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari asosan maydon markazida kechmoqda.

81. Qarshiliklar qisqa tanaffus va o'zgarishlardan so'ng hujumda faollikni oshirmoqda.

79. Mezbonlarda uchta, mehmonlar - “Nasaf”da ikkita o'zgarish amalga oshirildi.

76. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

2026-09-16 22.38.11.jpg

70. Har ikki jamoaning oxirgi 10 daqiqadagi hujumi xavfli tus olmayapti.

61. Yana bir zarba ko'rdik Bumessus ijrosida, bunisi ham aniq bo'lmadi.

60. Bumessusning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

55. Umar Eshmurodovning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

54. Buhraning bergan zarbasi noaniq ketdi.

52. Mezbonlarda hujum ko'rdik, Ne'matov darvoza tomon yo'llangan zarbasini bartaraf etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Sharof Muhitdinovning jarima zarbasidan tepgan to'pi kuchsiz chiqdi.

44. Abdixoliqovning bosh bilan yo'llagan zarbasi aniq, ammo kuchsiz chiqdi.

40. Akrom Komilovning o'tkir burchakdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

2026-09-16 22.33.52.jpg

36. Mezbonlar yana hujum uyushtirishga intilmoqda, biroq xavfli tus olmayapti.

31. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

26. Valid Sabbar Ne'matovning ustidan to'pni tushirib qo'ymoqchi bo'ldi, ammo kuchsiz chiqdi zarba.

25. Oybek Rustamovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi!

18. TV translyatsiyasida Ro'ziqul Berdievning ko'rsatmalari eshitilib turibdi: “Ali, atrofga qara”, degan ko'rsatma ko'p ehtimol Alibek Davronovga aytilmoqda.

14. Drozdekning erlatib bergan zarbasidan so'ng to'p rekoshetga uchrab, Ne'matovning qo'liga borib tushdi.

7. Shala katta tezlikda oldinga o'tayotganda raqiblar toomnidan to'xtatildi.

5. Ilk daqiqalardan mezbonlar faol. Darvoza tomonga berilgan zarbani qarshilik himoyachilari bartaraf eta olishdi.

1. O'yin boshlandi.

2026-09-16 22.33.37.jpg2026-09-16 22.33.35.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Osiyo Chempionlar ligasi-2 1-turidan o'rin olgan "Al Xaldiya" - "Nasaf" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia