So’nggi yangiliklar

01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  1 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  3 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  8 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  24 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  9 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  18 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  40 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0

Coca Cola Superliga. "Lokomotiv"da mag'lubiyatlar seriyasi davom etadi - bu safar "Nasaf"da yirik g'alaba Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Lokomotiv"da mag'lubiyatlar seriyasi davom etadi - bu safar "Nasaf"da yirik g'alaba

Coca Cola Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 13-tur
LOKOMOTIV – NASAF 0:4

Gol: Abdixoliqov 10, Muhiddinov 27, Bozorov 63, Kenjaboev 80.
27 avgust 2020 yil. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:30 (Sport TV)
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Timur Galeev, Daler Tilloev, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 6.Davron Umirov (19.Avazbek O'lmasaliev 11), 7.Kaxi Maxaradze (25.Javohir Alijonov 81), 8.Vadim Afonin, 10.Marat Bikmaev (4.SHahzod SHaymanov 81), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 26.Dilshodjon Komilov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 37.SHerzod Fayziev, 77.Diyor Turopov, 80.Farruh Ibrohimov (5.Slavko Damyanovich 32).
Zaxira: 13.Rustam Nartadjiev, 18.Ibrohim G'anixonov, , 52.Jaloliddin Jumaboev, 83.Asadbek Ergashev.

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 8.Dilshod Saitov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 19.Husain Norchaev (20.Islom Kenjaboev 68), 22.Akmal Mozgovoy (6.Murodbek Xo'jamberdiev 84), 34.SHerzod Nasrullaev (7.Dilshod Rahmatullaev 73), 77.Oybek Bozorov (17.Faysal Traore 84), 88.Marko Stanoevich (5.G'olib G'aybullaev 68), 92. Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 21.Mashhur Muhammadjonov, 15.Jo'rabek Mannonov, 50.SHoxmalik Komilov.


Lokomotiv

Superliga. 13-tur

27/08/2020, 18:30

4
:
0
Tugadi

Nasaf

Bobir Abdixoliqov - 10', Sharof Muhitdinov - 27', Oybek Bozorov - 63', Islom Kenzhaboev - 80'

45'
90'
11'  Davron Umirov (Avazbek O'lmasaliev)
32'  Farrux Ibrohimov (Slavko Damyanovich)
81'  Marat Bikmayev (Shahzod Shaymanov)
81'  Kaxi Maxaradze (Javohir Alijonov)
10'  Bobir Abdixoliqov
27'  Sharof Muhitdinov
63'  Oybek Bozorov
68'  Marko Stanoevich (G'olib G'aybullaev)
68'  Husayin Norchaev (Islom Kenzhaboev)
73'  SHerzod Nasrullaev (Dilshod Rahmatullayev)
80'  Islom Kenzhaboev
84'  Oybek Bozorov (Faysal Traore)
84'  Akmal Mozgovoy (Murodbek Rahmatov)


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


MATNLI TRANSLYACIYA


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Nasaf" yirik g'alabaga erishib, qimmatli uch ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.

91. "Nasaf" futbolchilarida beshinchi golni kiritish imkoniyati bor edi. Lekin ushbu vaziyatda Abdixoliqovning zarbasini Ilyosov mahorat ko'rsatib qaytardi va jamoasini muqarrar goldan qutqardi. 

90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

84. "Nasaf"da ham ikkita o'zgarish. Oybek Bozorov o'rniga Faysal Traore, Mozgovoy o'rniga Xo'jamberdiev o'yinni davom ettiradi. 

81. "Lokomotiv"da ikkita o'zgarish. Bikmaev o'rniga SHaymanov, Maxaradze o'rniga Alijonov maydonga tushdi. 

80. GOOOL! Kenjaboev Saitovning o'ng qanotdan etkazib bergan to'pini raqib darvozasiga "mixladi" - 0:4!

77. "Lokomotiv"da tezkor qarshi hujum orqali gol kiritish imkoniyati yuzaga kelgandi. Ammo ushbu vaziyatda jamoa futbolchilari o'yindan tashqari holatda qolib ketishdi. 

73. "Nasaf" safida Nasrullaev o'rniga Rahmatullaev o'yinni davom ettiradi. 

71. Zarbaaa! Abdixoliqovning penaltidan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi!

70. Penalti! Ilyosov Abdixoliqovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

68. "Nasaf"da ikkita o'zgarish. Stanoevich o'rniga G'aybullaev, Norchaev o'rniga Kenjaboev maydonga tushirildi. 

66, Norchaevning bergan zarbasi noaniq.

63. GOOOL! "Nasaf" futbolchilari qarshi hujumdan unumli foydalanishdi. Tezkor hujumni Oybek Bozorov golga aylantirdi - 0:3!

60. Oybek Bozorovning bergan zarbasini Ilyosov bartaraf etdi. 

55. Maxaradzeeee! U boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi. Ammo ushbu vaziyatda gruziyalik futbolchiga omad etishmadi. 

54. Ikkinchi bo'limda "Lokomotiv" faol. 

51. Zarbaaaa! O'lmasalievning bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. 

(Foto: Tolibjon Qosimov)


46. "Lokomotiv" futbolchilari ikkinchi taymni tezkor gol bilan boshlashlari mumkin edi. Ammo, O'lmasalievning boshi bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 2 daqiqa qo'shib berdi.

44. Stanoevichning jarimadan bergan zarbasi noaniq bo'ldi. Aks holda hisob yiriklashishi mumkin edi. 

35. Marat Bikmaevvvv! Uning raqib darvozasiga yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi. 

(Foto: Tolibjon Qosimov)


32. "Loko"da o'zgarish. Ibrohimov o'rniga Damyanovich o'yinni davom ettiradi.  

30. Xavfli vaziyatttt! Oybek Bozorov hisobni yirik ko'rinishga keltirishi mumkin edi. Ammo to'p darvoza tepasidan o'tib ketdi. 

27. GOOOOL! SHarof Muhiddinov Stanoevichning uzatmasini raqib darvozasiga aniq yo'lladi - 0:2!

22. Muhiddinovning bergan zarbasi noaniq. 

14. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Temiryo'lchilar" oldinga intilishmoqda. 

(Foto: Tolibjon Qosimov)


11. Umirov baribir o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga O'lmasaliev maydonga tushirildi. 

10. GOOOL! Bobir Abdixoliqov Nasrullaevning chap qanotdan etkazib bergan to'pini golga aylantirdi - 0:1!

7. Burchak zarbasidan boshlangan hujum Abdixoliqovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

(Foto: Tolibjon Qosimov)


6. Davron Umirov raqib futbolchisi bilan kurashga kirishgandi. Yakunda u oyog'ini qayirib oldi. Futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

5. "Nasaf" futbolchilarining chap qanotdan uyushtirgan hujumi yana burchak zarbasi bilan yakunlandi. 

1. Ilk daqiqalardanoq "ajdarlar" burchak to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Ammo, jamoa ushbu standart vaziyatdan foydalana olmadi. 

1. Bahsni "Nasaf" futbolchilari boshlab berishdi. 

UCHRASHUV BOSHLANDI!

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun Superliga 13-turi doirasida "Lokomoti" hamda "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni kuzatib boramiz.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика