So’nggi yangiliklar

01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 23:10"Лилль" — ПСЖ. Таркиблар маълум  5 22:55"Сельта" — "Атлетико". Таркиблар маълум  2 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38

Coca Cola Superliga birinchi davra yakuni - eng qo'pol va eng tartibli klub qaysi? Yangiliklar

Coca Cola Superliga birinchi davra yakuni - eng qo'pol va eng tartibli klub qaysi?

O'tgan haftada Superligada dastlabki davra o'z yakuniga etdi.

Ortda qolgan 13ta tur davomida hakamlar futbolchilarga jami 354 marta ogohlantirish ko'rsatishdi. 13 bor futbolchilar maydondan chetlatildi.

Bu borada eng tartibli klub "Nasaf" bo'ldi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 13ta turda jami 15 marta sariq kartochka olishdi xolos. Undan keyingi o'rinlarni "Mashal" (21ta sariq), "Qo'qon-1912" (24ta sariq) va "Buxoro" (25ta sariq) egallashdi. Mana shu to'rt klub futbolchilari birinchi davrada umuman qizil kartochka olishmadi.



Dastlabki davrada eng qo'pol klub sifatida "So'g'diyona" qayd etildi. Jizzaxliklar 13ta o'yinda 31ta sariq va 2ta qizil kartochka ishlab olishdi. Undan keyingi pog'onani "Navbahor" egallab turibdi - 30ta sariq va 2ta qizil. "Metallurg" dastlabki davrada ikki bor qizil kartochka olgan uchinchi jamoa bo'ldi.

Eng ko'p kartochka olgan futbolchilarga kelsak bu borada Boburjon Akbarov ("Qo'qon-1912"), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor") va Evgeniy CHumak ("Metallurg") "etakchi" bo'lishdi. Bu futbolchilar birinchi davrada 5 martadan ogohlantirish olishdi. "Navbahor" yarim himoyachisi Islombek Isoqjonov esa 2 marta qizil kartochka olib bu borada antirekord sohibiga aylandi.



Sariq kartochkani eng ko'p ko'rsatgan hakam Vadim Agishev bo'ldi. U 9ta uchrashuvda futbolchilarni jami 35 marta ogohlantirdi. Jasur Muxtorov, Ahrol Risqullaev, Viktor Serazitdinov va Temur To'xtasinov 29tadan sariq kartochka ko'rsatishdi. Eng kam sariq kartochkani 2ta o'yinda ishlagan Elyor Tursunov ko'rsatdi - 7ta.

Dastlabki davrada Ilgiz Tantashev 3 futbolchini maydondan chetlatib bu borada hakamlar orasida birinchi o'rinni egalladi. Qizig'i Tantashev faqatgina 4ta o'yinda ishladi xolos. Ahrol Risqullaev, Aziz Asimov, Zokir Qodirov va SHavkat Nasibullaev 2tadan qizil kartochka ko'rsatishdi. 10 nafar hakam birinchi davrada umuman qizil kartochkani ishga solishmadi. Temur To'xtasinov 8ta uchrashuvda ishlab bironta futbolchini chetlatgani yo'q.




QK+SK

O'yin

Klub

2 + 31

13

So'g'diyona

2 + 30

13

Navbahor

2 + 27

13

Metallurg

1 + 31

13

Lokomotiv

1 + 31

13

Surxon

1 + 28

13

Qizilqum

1 + 28

13

Andijon

1 + 23

13

Bunyodkor

1 + 22

13

AGMK

1 + 18

13

Paxtakor

0 + 25

13

Buxoro

0 + 24

13

Qo'qon-1912

0 + 21

13

Mashal

0 + 15

13

Nasaf

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика