Coca Cola Superliga. 13-tur maydonlarida o'zgarishlar bor
27 avg 2020 18:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589175_original.jpg)
![](/upload/storage/589175_220.jpg)
Coca Cola Superliga. 13-tur maydonlarida o'zgarishlar bor
28 avgust kuni “Navbahor” va “Qo'qon-1912” klublari Bekobodda kuch sinashishi kerak edi. Markazlashtirilgan musobaqa davomidagi futbolchilarning jismoniy holatlari inobatga olinib, uchrashuv nisbatan yaqinroq bo'lgan “Jar” stadioniga ko'chirildi.
29 avgust kuni “Buxoro” va AGMK klublari “Bunyodkor” stadionida kuch sinashishlari kerak edi. Ammo Toshkentdagi yog'ingarchilik “Bunyodkor” maysasi masalasida savollar paydo qilgan, natijada stadion bosh direktori maydonni avaylash masalasida rasmiy so'rov bilan chiqdi. SHundan kelib chiqib, uchrashuv “Lokomotiv” stadioniga ko'chirildi.
SHuningdek, 29 avgustda o'tishi kerak bo'lgan “Metallurg” — “Mashal” uchrashuvi TTYMI stadionidan “Jar” stadioniga ko'chirildi.
13-tur
28 avgust, juma
19:00 - SO'G'DIYONA — SURXON ("Paxtakor" stadioni)
18:30 - NAVBAHOR — QO'QON-1912 ("Jar" stadioni)
18:30 - BUNYODKOR — QIZILQUM (OKMK stadioni)
29 avgust, shanba
19:00 - BUXORO — AGMK ("Lokomotiv" stadioni)
17:00 - METALLURG — MASH'AL ("Jar" stadioni)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar