CHiliga qarshi o'yinning penaltilar seriyasi vaqtida braziliyalik muxlis infarktdan vafot etdi
29 iyu 2014 19:36
Yangiliklar
CHiliga qarshi o'yinning penaltilar seriyasi vaqtida braziliyalik muxlis infarktdan vafot etdi
Braziliya terma jamoasi muxlisi CHiliga qarshi o'yinning penaltilar seriyasi paytida infarkt natijasida vafot etdi.
69 yoshli muxlis o'yinni stadiondan uncha ham uzoq bo'lmagan barda tomosha qilayotgan edi. Penaltilar seriyasi vaqtida uning yuragi dosh bera olmadi va u kasalxonaga olib ketildi. SHifokorlar bemorni asrab qola olmadilar - erkakning yuragi ikki soatdan so'ng urishdan to'xtadi.
Umuman, malumotlarga qaraganda ushbu o'yin paytida va o'yindan so'ng 98 ta odam kasalxonaga tushgan.
SHuningdek, 50 yoshli ayol ham o'yin vaqtida infarktni boshdan kechirgan. Lekin, u yashab qolishga muvaffaq bo'lgan.

Fikrlar