"CHelsi" va MYU sobiq bosh direktori "Nyukasl"ni sotib olmoqchi
27 sen 2019 14:17
Yangiliklar


"CHelsi" va MYU sobiq bosh direktori "Nyukasl"ni sotib olmoqchi
"Nyukasl" xo'jayini Mayk Eshli klubni sotish bo'yicha Piter Kenondan taklif qabul qilib oldi.
"Bordo"ga egalik qiluvchi Kenonning investicion fondi GACP Sports "Nyukasl"ni sotib olmoqchi.
Klubning bahosi 300 million funt miqdorida baholanmoqda. Bu mablag' 3 yilda bo'lib to'lanadi.
"Manchester Yunayted" va "CHelsi" sobiq bosh direktori Kenon o'tgan yil ham klubni sotib olmoqchi bo'lgan, ammo kerakli mablag'ni yig'a olmagan.
Eshli klubni sotishga tayyorligiga qaramasdan Amanda Steeyvli ham, shayx Bin Zayid ham xaridni amalga oshirishmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar