Rasman: Kepa "Arsenal"ga o'tdi
01 iyu 20:19
Yangiliklar
"To'pchilar" 30 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzolaganini malum qildi.
Xabarlarga ko'ra, "Arsenal" Kepaning "Chelsi" bilan tuzilgan shartnomasidagi 5 million funt sterlinglik tovop pulini to'lagan.
Kepa 2018 yilda "Atletik"dan "Chelsi"ga o'tgan va klub bilan Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar jahon chempionatida g'alaba qozongan. 2023/24-yilgi mavsumda u "Real"ga ijaraga ketib, Ispaniya chempioni unvonini qo'lga kiritdi, mamlakat Superkubogi va Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi.
2024/25-yilgi mavsumni Kepa "Bornmut"da ijara asosida o'tkazdi va u erda Angliya Premer-ligasida 31 ta o'yin o'tkazdi (shulardan 8 tasida darvozasini quruq saqladi).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar