Mudrik ushbu mavsum maydonga qaytmaydi
27 jan 18:03
Yangiliklar
Mudrik ushbu mavsum maydonga qaytmaydi
Vaqti-vaqti bilan internetda "Chelsi" vingeri Mixaylo Mudrikning doping mojarosi sababli chetlatilishi haqida turli malumotlar paydo bo'lib turadi.
Biroq amalda vaziyat ancha murakkabroq.
Jurnalist Igor Ciganikning xabar berishicha, Mudrikning o'ziga antidoping qoidalarini buzgani uchun rasman ayblovlar 2025 yil 18 iyun kuni qo'yilgan. Shunga qaramay, diskvalifikaciya muddati 2024 yil dekabridan, yani vinger jamoadan chetlatilgan paytdan boshlab hisoblanmoqda.
Qoidabuzarlik uchun ikki yildan to'rt yilgacha diskvalifikaciya belgilangan. Shu sababli ukrainalik futbolchi uchun eng minimal muddat 2026 yilning dekabri hisoblanadi. Biroq Mudrikka, avvalroq Pol Pogbaga bo'lgani kabi diskvalifikaciya tugashiga 3 oy (yoki hatto 6 oy) qolganda jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar