Endrik: "Bu hali boshlanishi"
27 jan 21:41
Yangiliklar
Endrik "Lion" safida "Mets"ga qarshi o'yinda urgan het-trikka izoh berdi.
"Bu mening hayotimdagi birinchi xet-trik, men haqiqatdan ham baxtiyorman. O'yin ajoyib o'tdi, to'pni uyimda saqlayman. Hayotimdagi unutilmas kun bo'ldi.
Bu ligada o'ynash ajoyib, bu erda shiddatli futbol o'ynaladi, jismoniy kurash ko'p. Bu menga yoqadi. Bu erga o'tganim xato bo'lmadi.
Bu hali boshlanishi, xolos. Odamlar menga doim "Lion" ajoyib jamoa ekanligini, bu erga kelishim kerakligini aytishardi va bu haqiqat: jamoa chindan ham juda zo'r.
Xet-trik men uchun juda muhim, u jamoaga g'alaba qozonishga yordam berdi va men juda xursandman. Men jamoaga yordam bera olaman va bu erda o'z o'rnim borligini his qilaman. Xuddi Xudoning o'zi bu er mening kareram uchun eng mos joy ekanligini aytgandek. Men buni tasavvur ham qila olmasdim, endi esa bu haqiqatga aylandi," - dedi hujumchi.
Malumot uchun, Endrikning "Real" futbolchisi, "Lion"da esa ijarada harakat qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar