Endrikdan xet-trik! "Lion" safarda "Metc"ni tor-mor etdi
25 jan 23:32
Yangiliklar
Endrikdan xet-trik! "Lion" safarda "Metc"ni tor-mor etdi
Franciya Ligi 1 musobaqasining 19-turi doirasida "Lion" jamoasi "Metc" mehmoni bo'ldi va yirik 5:2 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuv qahramoniga aylangan braziliyalik iqtidor egasi Endrik raqib darvozasiga uchta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. U 11, 45+1 va 87-daqiqalarda (penaltidan) gol urib, o'z hisobiga xet-trikni yozdirib qo'ydi. Shuningdek, mehmonlar safida Ruben Klyuyvert va Tayler Morton ham bittadan gol muallifiga aylanishdi.
Mezbonlar safida Koffi Kuao va Habib Diallo tomonidan kiritilgan gollar "Metc"ni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Ushbu g'alabadan so'ng "Lion" ochkolari sonini 36 taga etkazib, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi. 12 ochkosi bor "Metc" esa so'nggi — 18-pog'onada bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar