Endrik: "Alonsodan ko'p narsani o'rgandim"
15 jan 22:20
Yangiliklar
Endrik: "Alonsodan ko'p narsani o'rgandim"
Ayni damda "Lion"da ijara asosida o'ynayotgan "Real" hujumchisi Endrik "qirollik klubi"dan istefoga chiqarilgan Xabi Alonso haqida fikr bildirdi.
"Madridda Xabidan ko'p narsalarni o'rgandim. U yuqori darajadagi futbolchi bo'lgan va futbolni juda zo'r tushunadi. Garchi uzoq vaqt davomida jarohatda yurib, jamoa bilan bo'la olmagan bo'lsam-da, u ko'p narsalarni o'rgatdi. Endi Fonsekadan o'rganyapman. Agarda miya barchasini yaxshi qabul qilsa, buyuk murabbiylardan har kuni nimanidir o'rgansa bo'ladi, aynan shu uchun harakat qilyapman", - dedi Endrik.
Mavsumning ilk qismida Endrik "Real" tarkibida faqatgina 3 o'yinda ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar