So’nggi yangiliklar

16:05Расман: "Динамо" "Ривер Плейт" тарбияланувчисини сафига қўшиб олди  0 15:40Абрамов vs Кападзе. Жадвалда ким юқорироқда бўлади?  1 15:13АПЛ клублари қўшимча 750 млн фунтдан воз кечди. Сабаби нимада?  0 14:45"Манчестер Сити" "Ньюкасл" ҳимоячиси билан битим тузмоқчи  1 14:22"Бухоро" ва "Андижон" стадионларига VAR техникаси ўрнатилди  0 13:59"Арал" назорат учрашувида "Машъал"га жавобсиз 3 та гол урди  2 13:39Суперлига ҳакамлари учун FIFA VAR семинари бўлиб ўтади  1 13:07"Ливерпуль" ва "Барселона" собиқ юлдузи ўзига янги жамоа қидирмоқда  3 12:51"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди  0 12:24МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр  4 11:56А Серия. "Милан" "Комо"ни ютолмади  0 11:35Элит ОЧЛ гуруҳ босқич якунлари: ким учун омадли, ким учун омадсиз  5 10:47Фабрицио Романо "Реал"га Юрген Клопп келиши мумкинлиги ҳақида гапирди  5 10:20Алонсо илк таклифга йўқ деди  3 09:52"Реал" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр  2

Arsen Venger: "Men Kerrikni tabriklashim kerak" Yangiliklar

Arsen Venger: "Men Kerrikni tabriklashim kerak"

Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"ga qaytganidan so'ng jamoa muxlislarining ishonchini qayta tiklashga muvaffaq bo'ldi.

U ketma-ket ikki uchrashuvda nomdor raqiblar – "Manchester Siti" va "Arsenal"ni mag'lub etdi. 

Franciyalik mutaxassisning takidlashicha, odatiy holatlarda "Arsenal" 2:2 hisobida tenglashtirganidan keyin g'alaba qozonishi kerak edi, ammo Kerrikning olib borgan ishi natijasida uch ochko "Manchester Yunayted"ga nasib qildi.

"Menimcha, "Manchester Yunayted"da "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba bilan "Arsenal"ga qarshi qo'lga kiritilgan g'alaba orasida nimadir sodir bo'ldi. Ularning o'yini juda ishonchli edi. "Arsenal" hisobni 2:2 ga etkazganida, odatda bunday uchrashuvlarda mezbonlar g'alaba qozonadi.

Biroq "Manchester Yunayted" yana zaxira kuchlarini topib, uchinchi golni urdi va katta o'yinda safarda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Men Kerrikni tabriklashim kerak. U alohida ahamiyatga ega narsani yaratdi. Jamoa Kerrik bilan himoyaviy barqarorlik va yuqori texnik saviya o'rtasida yaxshi muvozanat topdi.

Birinchi marta "Arsenal"ning markaziy himoyachilari odatdagidan ko'ra biroz asabiyroq edi. Shuningdek, ular bir qancha vaziyatlarda ustunlik qilolmadi", – dedi Venger.

Reyting: +13   

Fikrlar

+1   
27 jan 18:20:46
Aliakbar RM
Endi o'zga mos murabiy bo'ldi shekli ustozi yo'lni bersin
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика