So’nggi yangiliklar

01:04"Пахтакор" ёшлари Қатар U-20 термасига қарши назорат ўйинини ўтказди  1 00:55"Ливерпуль"га "Интер" ҳимоячиси керак  1 00:33Саудия Арабистони. "Ал Насср"дан йирик ғалаба, Роналдудан 961-гол!  1 00:16"Айнтрахт"га янги бош мураббий тайинланди  2 23:46Инсинье собиқ жамоасига қайтди  2 23:14"Милан" футболчиси "Рома"га ўтиши мумкин  0 22:58Ҳусанов 2-ўринда: ЕЧЛнинг умумий гуруҳ босқичидаги энг тезкор футболчилар маълум қилинди  12 22:33"Манчестер Сити" Оскар Боббни сотиб юборди  1 22:16Флик: "Барселона"нинг мақсади - барча совринларни ютиш"  7 21:50Ўзбекистон U-17 Хитойни мағлуб этди  3 21:35Расман: "Барселона" Фермин билан шартномани узайтирди  2 21:13"Ювентус" колумбиялик юлдузни олиб келмоқчи  1 20:42Ўзбекистон терма жамоаси "Урарту"ни мағлуб этди  33 20:26Каррагер "Ливерпул"нинг Чемпионлар Лигасидаги имкониятлари ҳақида баёнот берди  1 19:34Стерлинг ЕЧЛда иштирок этаётган 7 клуб билан музокаралар олиб бормоқда  0

"Kattaqo'rg'on" va "QMU Jayxun" Pro ligada qatnashadi Yangiliklar

"Kattaqo'rg'on" va "QMU Jayxun" Pro ligada qatnashadi

Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

"Kattaqo'rg'on" futbol klubi 2026 yilgi mavsumdan etiboran Pro ligada to'p tepadi. 

Ikki yil avval klub hududiy Ikkinchi ligada muvaffaqiyatli ishtirok etgan bo'lsa, o'tgan mavsum Birinchi ligada yarim finaliga qadar etib keldi. Shuningdek, musobaqa davomida o'zidan iliq taassurot qoldirdi. 

Dekabr oyidan boshlab "Kattaqo'rg'on" Pro liga bo'yicha talablarni bajarishga kirishdi. Bu yo'lda Liga tomonidan bir qator talablar belgilab berilgan bo'lib, o'tgan davr mobaynida klub ularni bosqichma-bosqich bajardi va 23 yanvar kuni hujjatlarni to'liq rasmiylashtirdi. 

Kattaqo'rg'on shahridagi stadionni parvarishlash ishlari davom etayotgan bo'lib, 2026 yildan etiboran mazkur maydonda "Kattaqo'rg'on" U-19 jamoasi o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadi. Payshanba shaharchasida joylashgan stadion esa Proliga uchun tayyorlanadi. Ayni kunlarda maydonni to'liq yangilash ishlari davom etmoqda. Drenaj va sug'orish tizimlarini zamonaviy holatga keltirish, shuningdek, gibrid maysa yotqizish va uni sinovdan o'tkazish may oyiga qadar davom etishi ko'zda tutilgan bo'lib, buning uchun klub tasischisi 4,5 milliard investisiya kiritish uchun tegishli kompaniya bilan shartnoma imzoladi. 

Payshanba shaharchasida joylashgan stadion tribunasi, uning ostida joylashgan texnik hudud to'liq tamirga muhtoj bo'lib, "Kattaqo'rg'on" klubi uni talab etilgan minimal ko'rinishga keltirish uchun 5,7 milliard so'm sarflashi ko'zda tutilgan. Maysa, tribuna va texnik hudud to'liq rekonstrukciya qilinguniga qadar, klub raqiblarini Samarqand shahridagi "Dinamo" stadionida qabul qiladi. 

Qayd etish kerak, avvalroq Kattaqo'rg'onda Associaciya qoshidagi futbol akademiyasini tashkil etish bo'yicha Prezident qarori elon qilingandi. Shundan kelib chiqilsa, klub asosiy va U-19 jamoa, infratuzilma, bolalar futboli kabi masalalarni Liga talab qilgan ko'rinishga keltirish hamda OFK lisenziyalash talablariga bosqichma-bosqich moslashish imkoniyatiga ega. 


2025 yilgi mavsumni Pro ligada o'tkazgan "Jayxun" futbol klubi musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengashi "Jayxun" klubining kelgusi taqdiri masalasini muhokamaga qo'yib, bu borada aniq reja ishlab chiqish bo'yicha Qoraqalpog'iston futbol associaciyasiga topshiriq bergandi. Associaciya yakunda Qaraqalpaq Mәmleketlik Universiteti bilan muzokara o'tkazdi va "Jayxun" futbol klubi faoliyatini universitet negizida davom ettirish masalasida kelishuvga erishdi. 

O'tgan vaqt ichida "Jayxun" futbol klubini Qoraqalpoq davlat universitetining sport klubiga o'tkazish ishlari amalga oshirildi. Endilikda u "QMU Jayxun" nomi ostida Pro ligadagi ishtirokini davom ettiradi. Shuningdek, "QMU Jayxun" U-19 jamoasi U-19 chempionatida ishtirok etadi. 

Associaciya va Liga bosqichma-bosqich Qoraqalpog'iston futbolini rivojlantirish strategiyasini amalga tatbiq etib kelmoqda. O'FA qoshidagi Qoraqalpog'iston futbol maktabi endilikda "Aral" klubi hamkorlikda ish olib boradi. Maktab tarbiyalanuvchilari "Aral" futbolchisi sifatida Liga ro'yxatidan o'tkaziladi. Associaciya qoshidagi futbol akademiyasi esa Qoraqalpog'iston FA sifatida Birinchi ligada to'p tepadi. 

"QMU Jayxun" esa universitet bilan hamkorlikda ish olib boradi. Bu o'z navbatida qoraqalpog'istonlik yosh futbolchilarning futbol sir-asrorlarini o'rganishlari va professional futbolga qadar bo'lgan mashaqqatli yo'lni uzilishlarsiz bosib o'tishiga xizmat qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
27 jan 21:42:42
PFK HAQIQAT
Pro ligaga qoʻshilishi mumkin boʻlgan klublar.
----- Metalurk
----- Yaypan
----- Gʻazalkent
Klublar soni koʻpaysa zoʻr boʻlar edi, yanada koʻproq.
   
27 jan 21:26:46
PFK HAQIQAT
Metalurk qoʻshilsa (nasib), Yaypan klubi nima boʻldi ?, yana 1/3 ta klublar boʻlsa zoʻr boʻlar edi.
   
27 jan 21:23:25
PFK HAQIQAT
Saidjamol foydalanuvchining fikriga javob berish
Металлург киритилмайди ми ёки у 1- лигадан бошлармикан
Hujjat ishlari boʻlyabdi manimcha.
   
27 jan 18:39:45
Мамуржон Розибоев
Xatya 10-12 kamanda bo'sa yaxshi boladi..
   
27 jan 15:44:04
Saidjamol
Металлург киритилмайди ми ёки у 1- лигадан бошлармикан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика