Pato "Kolchester Yunayted"ni sotib olmoqchi
27 jan 13:44
Yangiliklar
Pato "Kolchester Yunayted"ni sotib olmoqchi
Bu haqda BBC xabar berdi.
Malum qilinishicha, 36 yoshli braziliyalik futbolchi "Kolchester Yunayted"ni xarid qilishga qiziqish bildirayotgan konsorcium tarkibiga kiradi.
Klub vakillari Patoning shanba kuni jamoaning uydagi o'yiniga tashrif buyurganini tasdiqladi. Uning yonida "Kolchester Yunayted"ning hozirgi egasi Robbi Kouling ham bo'lgan.
Manbaga ko'ra, kelishuv amalga oshishi mumkin, ammo yaqin orada rasmiy bayonotlar kutilmayapti. Ilgari klubni sotib olish bo'yicha Amerikaning "Lightwell Sports Group" kompaniyasi bilan olib borilgan muzokaralar o'tgan yil iyun oyida muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.

Aleshandre Pato faoliyati davomida "Milan" va "Chelsi" jamoalarida to'p tepgan. Italiya jamoasi safida u o'z avlodining eng istedodli futbolchilaridan biri sifatida etirof etilgan.
Shuningdek, u Braziliya terma jamoasi tarkibida 27 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 2012 yilgi Olimpiya O'yinlarining kumush medali sohibi sanaladi.
2023 yilda Pato "San-Paulu" bilan shartnoma imzolagan, 2025 yilning boshida esa futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar