Superliga. "Qizilqum" so'nggi daqiqalarda gol urib, "Neftchi"ni g'alabadan mahrum qildi
28 iyu 21:57
Yangiliklar


Superliga. "Qizilqum" so'nggi daqiqalarda gol urib, "Neftchi"ni g'alabadan mahrum qildi
Superliga
14-tur
"Qizilqum" – "Neftchi" 1:1
Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 20:00
Gollar: Ikrom Aliboev 90+4'-avtogol – Ikrom Aliboev (Quvondiq Ro'ziev) 68'
Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov
Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev
Zaxira hakami: Muhammad Baxtiyorov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Elnur Doniyorov
Komissar: Sherzod Rajabov
"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 5.Dilshodjon Komilov, 7.Davron Anvarov (6.Murodali Usmonov, 80), 8.Shahzod Rahmatullaev (11.Jambuli Jigauri, 55), 10.Roman Papariga (17.Akmaljon Muzaffarov, 80), 15.Nikola Kumburovich, 18.Farhod Bekmuratov, 23.Samandar Shukurullaev, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (20.Bobomurod Bozorov, 67), 88.Dushan Miyich.
Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 2.Kamron Norqulov, 19.Ilhomjon Kenjaev, 24.Xo'jamurod Tursunov, 33.Sulton Rahmatov.
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (9.Shohruh Gadoev, 88), 7.Abrorbek Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Quvondiq Ro'ziev (24.G'ulomhaydar Gulyamov, 88), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze (17.Muhammadali G'iyosov, 83), 23.Yovan Jokich.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 30.Omadillo Abdubannobov, 33.Shohruhbek Yoqubjonov, 44.Muhammadziyo Adhamjonov, 90.Dilshod Sharofutdinov.
Ogohlantirishlar: Abror Ismoilov (34), Roman Papariga (55), Ilhom Vahobov (66).
MATNLI TRANSLYACIYA
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+4. GOL! Jigaurining burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Miyich bosh bilan darvoza tomon yo'naltirdi, to'p yo'l-yo'lakay Aliboevga tegib darvoza to'ridan joy oldi – 1:1!
90+3. Abror Ismoilov to'pni qo'lga kiritishga harakat qilib, darvozabon Quvvatov bilan to'qnashib ketdi. Mezbonlar posboniga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shildi.
88. "Neftchi"da 2 ta almashtirish: Yo'ldoshev o'rniga Gadoev, Ro'ziev o'rniga Gulyamov uchrashuvni tugatib qo'yadi.
85. Zarba! Miyichning 19 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
83. "Neftchi"da almashtirish: Tabatadze o'rniga G'iyosov tushirildi.
81. Zarba! Anvar G'ofurovning yaqin masofadan bergan xavfli zarbasiga aniqlik etishmadi.
80. "Qizilqum"da 2 ta o'zgarish: Papariga o'rniga Muzaffarov, Anvarov o'rniga Usmonov bahsga qo'shildi.
77. Miyichning pasidan keyin vaziyat qaltis tus olishi mumkin edi, biroq to'pni Bozorovdan oldin Quvvatov egallab olishga ulgurdi.
74. Yana Yo'ldoshev yiqitildi, bu gal hujumga kirishib ketgan Miyich unga nisbatan qoidani buzishga majbur bo'ldi.
72. Kumburovich Yo'ldoshevga nisbatan qo'pol harakat qildi.
68. GOL! Ikrom Aliboevdan "pushka"! Uning o'ng oyoqdagi o'ta kuchli zarbasi darvoza to'qqizligiga kirib ketdi – 0:1!
67. "Qizilqum"da almashtirish: Jumanqo'ziev o'rniga Bozorov maydonga tushdi.
66. Ilhom Vahobov Ismoilovni yiqitgani uchun sariq kartochka oldi.
65. Jumanqo'ziev maydonda yotiribdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Futbolchilar bundan unumli foydalanib, tomoqlarini ho'llab olishmoqda.
60. Zarbaaa! "Neftchi"ning ketma-ket hujumlari hozircha ish bermayapti. Anvarjon G'ofurovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qoldi.
55. Roman Papariga taktik folga qo'l urgani uchun ogoxlantirildi.
55. "Qizilqum"da o'zgarish: Rahmatullaev o'rniga Jigauri bahsni davom ettiradi.
54. Zarba! Papariga oxirigacha kurash olib borib zarba nuqtasigacha chiqib bordi, uning zarbasidan keyin to'p Cigerga tegib maydondan chiqib ketdi.
52. Uuuux! Jamshid Iskanderovning yaqin masofadan bergan zarbasini Sanjar Quvvatov bartaraf etdi! Dahshat!
51. Zarbaa! Ibrohimhalil Yo'ldoshevning kuchli zarbasidan keyin to'p raqibga tegib maydonni tark etdi.
48. Muhsinjon Ubaydullaevning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng navoiylik himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:0. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Zarba! Vahobovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Papariga bosh bilan zarba berdi, noaniq.
40. Zarbaaa! Yo'ldoshevning qulay pasidan so'ng Iskanderov chap oyoqda darvozani poyladi, to'p ustunga tegib qaytdi.
39. Ibrohimhalil Yo'ldoshev Tabatadze bilan o'zaro devor uslubida o'ynab, qochib ketmoqchi edi, biroq Bekmuratov tomonidan qo'pollik evaziga to'xtatib qolindi.
34. Abror Ismoilov yon hakamga nisbatan jiddiy etiroz bildirgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
31. Miyichning pasidan so'ng Papariga o'ng oyoqda zarba yo'lladi, to'p xavfli, ammo noaniq ko'rinish oldi.
29. Abror Ismoilov o'ng qanotdan oldinga bordi va Ilhom Vahobov qarshiligiga duch keldi. To'p farg'onalik xavbekka tegib maydondan chiqib ketdi.
27. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 45% – 55%. "Neftchi"dagi ustunlik u qadar yuqori emas.
23. Abror Ismoilovning libosi yirtilib ketdi, tez orada unga yangi libos berishsa kerak.
19. Iskanderov to'pni olib qo'yib, tezkor hujum takshil etishga oshiqib, Tabatadzega pas berdi, biroq maydon markazida Anvarov unga nisbatan qoidani buzdi.
15. Zarbalar bo'yicha hisob 1:1, ammo aniq zarba kuzatilganicha yo'q.
11. GOL! Papariganing qulay pasidan keyin Shahzodbek Rahmatullaev qiyinchiliksiz darvozaga yo'l topdi, ammo bu orada yon hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligini bildirdi.
11. Papariga hujum chog'ida Quvondiq Ro'zievga nisbatan fol ishlatdi.
8. To'p u jamoadan bu jamoaga o'tmoqda. Hozircha aytarli vaziyat yo'q.
4. "Neftchi" to'pni o'zida saqlagan holda o'yinni nazorat qilib turibdi.
1. O'yin boshlandi!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Нефтчи мухлисларини хозирги имоциясини яхши тушунаман. Аммо Левченкога вақт бериш керак. Бердиевга +10 йилдан ошиқ вақт берилди ва бу натижа берди. Саркисяндан кейин Нефтчида ниманидир ўзгартира олган шу Левченко. Айрим чала жўрналистлар ва улар билан пиар ўйинини қилаётган Нефтчидаги сотқин ўйинчиларга қулоқ солиб тошлар отманг суюкли жамоангизга. Агар мураббий ниманидир талаб қилса демак у ўз ишини билади. Таркибдаги қаердандир катта маблағга келган ўйинчилар ички мухитни бузаётган бир пайтда сизлар Нефтчини қўллашингиз керак. Нефтчи совринли ўринлар учун курашишини ўзи бу катта натижа. Мавсум охирида нимадир ютадими ёки йўқми бу иккинчи масала. Нефтчи хозир сифатли жамоа!!!
Нима кутиш мумкин?
Тўғриси бу футболчилар ҳаммаси фақат бюджетни балансда ушлаб туришибди. Бюджетда пул кўпайиб кетса ҳалққа ўтиб кетади деб ўйлашадими нима бало.
Далага чиқариб кетмон чоптириш керак буларга, балким фойдаси тегиб қолар.
Лекин барибир ишониш қийин.
Фақат ҳақоратомус ва нафсониятга тегадиган фикр билдирманглар. Ҳаммани ўз шахсий фикри бўлади, бу мани субъектив фикрим.