“Chelsi“ so'nggi taklifini yubordi
09 iyu 2025 10:55
Yangiliklar
“Chelsi“ so'nggi taklifini yubordi
“Chelsi“ “Milan“ darvozaboni Mayk Menyan bo'yicha so'nggi taklifini yubordi.
Shu hafta boshida “Chelsi“ Menyanga qiziqish bildirgani va uning uchun 10 million evro (8,4 million funt) to'lashga tayyorligi xabar qilingandi.
“Milan“ Menyanni bundan 3 baravar qimmatga baholadi, ammo “Chelsi“ shartnomasi 12 oydan keyin tugaydigan futbolchiga juda qimmat narx deb hisoblamoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, “Chelsi“ endi 15 million evro (12,7 million funt) miqdoridagi yaxshilangan va yakuniy taklif bilan chiqdi. Angliya jamoasi darvozabonni klublar o'rtasidagi JCHga olib ketmoqchi va shu sababli “Milan“ tezroq javob berishini istamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar