"CHelsi" taqiqdan keyingi ilk transferni amalga oshirdi
12 jan 2020 15:55
Yangiliklar
"CHelsi" taqiqdan keyingi ilk transferni amalga oshirdi
"Tromse" hujumchisi Brayan Fiabema "CHelsi" futbolchisiga aylandi.
VG xabariga ko'ra, Norvegiya U-17 termasi hujumchisi bilan 3 yarim yillik shartnomaga imzo chekilgan. "Tromse" ushbu transfer orqali 10 million Norvegiya kronasi (1 million evro atrofidagi mablag') ishlab oldi.
Qayd etish kerak, "CHelsi" transferlar taqiqi olib tashlaganidan keyin ilk transferini amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
11:40
Jeydon Sancho: "To'g'risini aytsam, yoshligimda Dide Drogba va Frenk Lempard kumirlarim edi" 9
Fikrlar