So’nggi yangiliklar

14:34БАА кундалиги: Шаржада "йўқотилган" вақт  0 14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  1 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   1 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  8 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  1 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  16 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  15 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  3 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0

Championat.asia Vitaliy Denisovdan uzr so'raydi Yangiliklar

Championat.asia Vitaliy Denisovdan uzr so'raydi

O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov bilan tushunmovchilik yuz berdi.

Championat.asiada chop etilgan maqolalardan birida ayni paytda Rossiyaning "Krilya Sovetov" klubida to'p tepayotgan futbolchimiz haqida noto'g'ri malumot ketgan.

Maqoladan parcha keltirib o'tamiz: "Vitaliy Denisov nima uchun MTJga chaqirilmay qo'yildi? Sababi u Kuperning 5 kunlab mehmonxonada yotish kerakligi bo'yicha ko'rsatmasiga qarshi chiqdi. MTJ futbolchilari professionallar, ular masuliyatni his qiladilar. Kechqurun biron erga borib ichib o'tirmaydilar. SHundoq ham 5 oyda bir O'zbekistonga kelsang-u, oilang, yaqinlaring davrasida bo'lmay mayxonaga bormaysan-ku! Denisov shu bugungi holatida Zoteevdan ham, Sayfievdan ham kuchli. Tag'in ham Zoteev chidab berdi!"

Maqola saytda elon qilingach, oradan ko'p o'tmay Vitaliy Denisov biz bilan aloqaga chiqdi. U "Krilya Sovetov" bilan Abu Dabida yig'in o'tkazayotgan ekan. Biz esa Dubayda ekanimizdan foydalanib futbolchi bilan uchrashish uchun Abu Dabiga yo'l oldik va maqolada keltirilgan fikrga aniqlik kiritishga harakat qildik.

Futbolchi bilan uchrashganimizda u bizga aslida hech qanday gap bo'lmaganini, terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuperning qarorlarini aslo muhokama qilmasligini malum qildi. Denisov shuningdek, FIFA kunlarida tashkil etiladigan yig'inlar paytida futbolchilarni mehmonxonaga yig'ish uning uchun yangilik emasligini, hamma birgalikda bo'lsa jamoa yanada ahil bo'lishini hamda bo'lajak o'yinlarga shu orqali puxta tayyorgarlik ko'rilishini aytib o'tdi.

O'z navbatida biz ham Vitaliy Denisovni diqqat bilan eshitdik. Uning qanchalik professional ekanini bilamiz. Denisov - bosh murabbiy qarorini hurmat qiladigan futbolchilardan biri. Umid qilamizki himoyachi hali ko'p yillar davomida O'zbekiston terma jamoasiga foyda keltiradi.

Yana bir bor saytimiz nomidan maqolada keltirilgan asossiz gaplar uchun Vitaliy Denisovdan uzr so'raymiz.



Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика