So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  3 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  3 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  2 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  5 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  4 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  14 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  18 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  10

"Neftchi" murabbiylar shtabida Greciya va moldovalik murabbiylar ish boshlaydi Yangiliklar

"Neftchi" murabbiylar shtabida Greciya va moldovalik murabbiylar ish boshlaydi

"Neftchi" murabbiylar shtabida o'zgarishlar.

Antonio Sarioglu hamda Vitaliy Galat farg'onaliklar murabbiylar shtabida ishlaydi.

“Neftchi” jamoasi yangi mavsum oldidan tayyorgarlik jarayonini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida murabbiylar shtabini kengaytirish va kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Klub rahbariyati bilan hamkorlikda bir qator malakali mutaxassislar jamoamizga taklif etildi.

Avvalroq jamoaga Germaniyadan taklif etilgan mutaxassis bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat boshlagan edi. Bu — Evropa maktabining zamonaviy yondashuvlarini jamoamizga olib kirish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.

Bugundan etiboran esa Qozog'istonda 4 karra chempion bo'lgan, katta tajribaga ega mutaxassis Vitaliy Galat “Neftchi”ning darvozabonlar murabbiyi sifatida ish yuritishni boshladi. Galat o'z faoliyati davomida ko'plab iqtidorli darvozabonlarni tayyorlagan, sovrinli o'yinlarda ishonchli o'yin ko'rsatishga o'rgatgan, metodikasi esa Markaziy Osiyo futbolida yuqori baholangan. Uning tajribasi darvozabonlarimizning texnik va taktik jihatdan yangi bosqichga ko'tarilishida muhim omil bo'ladi.

Shu bilan birga, jamoamizning jismoniy tayyorgarlik darajasini evropacha standartlarga moslashtirish maqsadida greciyalik mutaxassis Antonio Sario'g'lu bilan shartnoma imzolandi. Antonio 2018–2019 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasida mashhur murabbiy Ektor Kuperning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan. U terma jamoa futbolchilarining chidamlilik, tezlik, kuch va tiklanish jarayonlarini ilmiy yondashuv asosida shakllantirgan mutaxassis sifatida tanilgan.

Klub rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan bu o'zgarishlar jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari bilan uyg'un keladi — “Neftchi” kuchli, intizomli va zamonaviy futbol o'ynaydigan jamoani shakllantirmoqda.

Yangi mutaxassislarga o'z yo'nalishlari bo'yicha yuksak natijalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ularning kelishi jamoamizning bosh murabbiyi Islombek Ismoilovga  yordamchi murabbiylar sifatida professional rivoji, sport natijalari va yangi mavsumdagi ambiciyalariga albatta ijobiy tasir ko'rsatadi", - deb yoziladi klub bayonotida.

Reyting: +5   

Fikrlar

+4   
11 dek 23:17:35
KVARTS DSS
Shu Fargʻona hokimiga malades divorasandaaa
+3   
11 dek 22:57:12
From Earth
EURONEFTCHI foydalanuvchining fikriga javob berish
Сифатли 1 та бўсаям хужумчи олишимиз ШАРТ!!!
Туркиядаги еғинга европадан ккчли ҳужумчи ва ярим ҳимоячи қўшилиши кутилмоқда
+2   
12 dek 04:30:30
Umid Tursunov
Man doim shunday oylaganman sifatsiz ligionerlardan kora Germanya Galandiya Angilayadan murabiylar bosa har bir klubda bizi 30minutlik futbolchilarga yevropadan murabiylar kerak....
+2   
11 dek 23:30:20
ManUBarca
Sardor Azmun hush kelibsan Farg’onaga xudo xoxlasa
+2   
11 dek 22:28:25
EURONEFTCHI
Сифатли 1 та бўсаям хужумчи олишимиз ШАРТ!!!
+1   
11 dek 22:27:32
Azizbek Rustamovich
Neftchi juda puxta ishlamoqda. Xech qaysi jamoamiz bunaqa tayyorgarlik ko‘rgsni yo‘q. Ko‘chmanchi futbolchilar bilan uzoqqa borib bo‘lmasligini tushunganimiz rost bo‘lsin
   
12 dek 10:39:39
Акмал Аляров
Исломжон қўгирчоқ деган биродар,Ичизни оммага кўрсатишиз шарт эмас.
   
12 dek 09:38:25
Umidjon R
Уз. foydalanuvchining fikriga javob berish
Шунда ислом исмоилов нима иш килади .ёки кугирчок мураббий буладими
Исломжон бош мурабий колганлари бошка мутахасизлар хаммасини урни бор огайни кугирчок деб оркез ачишмасин
   
12 dek 08:49:28
Уз.
Шунда ислом исмоилов нима иш килади .ёки кугирчок мураббий буладими
   
12 dek 07:57:11
Farhod Uktamovich
Келаси мавсум Нефтчи дан купрок нарсалар кутиш мумкин ( сверхестественных результатов )
   
12 dek 07:42:29
Каримжон Матхолиқов
Аллоҳ ҳайрли қилсин.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика