Insayd tasdiqlandi: "Neftchi" Vitaliy Levchenko bilan xayrlashganini malum qildi
01 dek 2025 18:25
Yangiliklar
Insayd tasdiqlandi: "Neftchi" Vitaliy Levchenko bilan xayrlashganini malum qildi
"Ukrainalik mutaxassis, 2022 yilda "Neftchi" rahbariyati tomonidan jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Vitaliy Grigorevich Levchenko jamoani iqtidorli futbolchilar bilan mustahkamlash va chempionlik darajasigacha olib chiqish yuzasidan qo'yilgan vazifalarni katta masuliyat bilan bajarishga kirishdi. Uning bu qatiy mehnati 2025 yil mavsumida o'z amaliy natijasini berdi. Joriy yilning 22 noyabr kuni Vitaliy Grigorevich boshchiligidagi jamoamiz "Qizilqum" bilan bo'lib o'tgan bellashuvda ishonchli g'alaba qozonib, muddatidan oldin O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi.
2022–2025 yillar davomida uning boshqaruvidagi jamoa 106 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 52 ta g'alaba, 35 ta durang va 19 ta mag'lubiyatni qayd etdi.
2025 yil 30 noyabr kuni Vitaliy Levchenkoning "Neftchi" klubi bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etdi. Shu bilan birga, "Neftchi"ning murabbiylar shtabida Vitaliy Levchenko bilan birga faoliyat yuritgan Anvarjon Norqulov, Andrey Annenkov va Farruh Berdievning ham shartnoma muddatlari yakunlandi.
Jamoa rahbariyati va klub azolari ularga o'tgan davr mobaynida uzoq kutilgan 24 yillik orzuni ro'yobga chiqarishdagi xizmatlari, “Neftchi” va Farg'ona futboli rivojiga qo'shgan barakali hissalari uchun chin dildan minnatdorlik bildiradi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq saytimiz orqali klub murabbiy bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Бу нохаклик кейинги Чемпионатларда уз тасирини курсатиши аник...
Бизга 52 та ютук,35 та дурранг ва 19 маглубият уятли натижа
Исломжонга омадлар ёр бўлсин.
Кейинги йилдан худо хохласа яна хужумкор Нефтчимиз қайтади