So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  5 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  6 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0

Buxoro - Xorazm uchrashuvi kech boshlandi - aybdor mehmonlarmi? Yangiliklar

Buxoro - Xorazm uchrashuvi kech boshlandi - aybdor mehmonlarmi?

PFL Buxoro - Xorazm o'yinidagi to'xtalish Liga tomonidan alohida o'rganilishi va vaziyatga oydinlik kiritilishiga vada berdi.

Proliga 17-turidan olgan Buxoro — Xorazm uchrashuvi belgilangan vaqtdan 1 soat o'tib start oldi. Mazkur qarorni Liga qabul qildi.

Superliga va Proliga reglamentining 16.20-bandiga ko'ra, tez tibbiy yordam mashinalari yoki xavfsizlik uchun javobgar organlarning kechikishi oqibatida uchrashuv o'z vaqtida start olmasa, Liga komissari 30 daqiqadan keyin mezbon klubga nisbatan texnik mag'lubiyat yozishga haqli bo'ladi.

SHuningdek, mazkur reglamentning 4.4-bandiga ko'ra rasmiy uchrashuvdan bir kun avval mezbon klub Liga komissariga stadionning o'yinga tayyorligi to'g'risida dalolatnoma taqdim etadi. Liga komissari mazkur dalolatnomasiz uchrashuvni o'tkazmaslikka haqli.

Ko'rinib turibdiki, har qanday holatda yakuniy qaror komissar — Liga tomonidan qabul qilinadi. Xabaringiz bor, Buxoro shahridagi stadionning buzilishi oqibatida Buxoro futbol klubi o'z uy uchrashuvlarini boshqa arenalarda o'tkazishga majbur bo'lmoqda. Buning uchun klub stadionlar bilan uch taraflama shartnoma tuzadi. SHartnomada esa uchrashuvni tashkil etish bilan bog'liq shartlar batafsil ko'rsatilgan.

Bugun bo'lib o'tishi rejalashtirilgan uchrashuv yuzasidan ayrim muammolar Buxoro futbol klubi bilan bevosita bog'liq bo'lmagani tufayli tushunmovchilik kelib chiqqan. Liga mazkur holatni inobatga olib, Buxoro futbol klubiga texnik mag'lubiyat yozmaslikka qaror qildi. Xorazm futbol klubi rahbariyati esa aksincha, uchrashuvni o'tkazmay turib, komissardan texnik g'alaba talab qilishda davom etgan. Vaholanki, 17:25 ga qadar xavfsizlik uchun javobgar hodimlar va tez tibbiy yordam mashinasi stadionda bo'lgan.

Mazkur holatlarni inobatga olib, Liga sport principlarini himoya qilishni, g'olibni o'zaro o'yinda aniqlashni afzal bildi. Mazkur qaror ijrosi bajarilmasa, Xorazm futbol klubiga nisbatan chora ko'rilishi to'g'risida klub rahbariyati ogohlantirildi.

Bugungi uchrashuv masalasini Liga keyinroq atroflicha o'rganib chiqib, tegishli xulosalar chiqaradi. Sport principini birinchi o'rinda ko'rmay, ayrim shaxslarning uchrashuv komissarining faoliyatiga aralashishga bo'lgan urinishlari aniqlansa, ularga nisbatan tegishli choralar ko'riladi. SHuningdek, uchrashuvni o'tkazish yuzasidan masuliyatsizlik qilgan shaxslar masalasiga ham atroflicha etibor qaratiladi. Bunda komissarning uchrashuvdan keyingi rasmiy bildirgisi asos bo'lib xizmat qiladi.

Malumot uchun, Liga komissari har qanday holatda ham uchrashuvni o'tkazish uchun maksimal darajada harakat qilinishi belgilab qo'yilgan. Do'stlik stadionida projektorlar bilan bog'liq muammo mavjud emas. Uchrashuv akti bilan bog'liq bugungi holatda texnik mag'lubiyat yozish Buxoro klubiga nisbatan nohaqlik bo'lishi inobatga olinib, Liga uchrashuvni o'tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. Reglament va komissar talabiga bo'lgan bepisandlik masalasi esa atroflicha ko'rib chiqiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика