Nurbek Sarsenbaev: "Bizga kuchli raqiblar kerak. Chunki jahon chempionatidagi raqiblar bundan-da kuchliroq bo'lishadi"
11 okt 19:33
Yangiliklar
Nurbek Sarsenbaev: "Bizga kuchli raqiblar kerak. Chunki jahon chempionatidagi raqiblar bundan-da kuchliroq bo'lishadi"
O'zbekiston hamda Turkiya U17 termalari ishtirokidagi o'rtoqlik o'yini 2:2 hisobida yakun topdi.
Bahsda hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirgan Nurbek Sarsenbaev o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
- Bugungi o'yin yaxshi o'tdi. Boshida o'yinga moslasha olmadik. Ikkinchi bo'limda moslashib, yaxshi o'yin ko'rsatdik. Keyingi uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
- O'zbekiston termasi Evropaning turli termalariga qarshi o'ynamoqda. Osiyo termalariga qarshi bahslardan ko'ra bu o'yinlar qanchalik samara bermoqda?
- Baribir Evropa termalari kuchliroq bo'ladi. Bizga kuchli raqiblar kerak. Chunki jahon chempionatidagi raqiblar bundan-da kuchliroq bo'lishadi, - dedi Sarsenbaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar