Buxoro Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shartnoma tuzdi
20 iyu 2019 10:32
Yangiliklar


Buxoro Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shartnoma tuzdi
Dushanbening Istiqlol klubi va Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fatxullo Fatxulloev faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradi.
Oxirgi 11 mavsum davomida Dushanbe klubi safida o'ynagan Fatxullo Fatxulloev «Buxoro»ga ko'chib o'tdi. Futbolchi «Buxoro» safiga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi va kecha yil oxiriga qadar shartnoma tuzdi. Bu haqda «Istiqlol» klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Fatxulloev yangi klubida 81-raqam ostida o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda «Buxoro»ni Tojikiston futboli tarbiyalanuvchisi, Tojikiston va «Istiqlol» klubining sobiq ustozi Muhsin Muhammadiev boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar