So’nggi yangiliklar

23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  4 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  11 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  7 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  223 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  9 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0

"Buxoro" sport majmuasida oilaviy sektor ishga tushdi Yangiliklar

"Buxoro" sport majmuasida oilaviy sektor ishga tushdi

Teglar :  Buxoro
Futboli rivojlangan mamlakatlarda muxlislik madaniyati ham juda rivojlanganligidan barchaning xabari bor.

O'zbekistonda ham futbol rivojlanish bilan birga muxlislik madaniyati ham rivojlanib bormoqda.

Bugungi kunga kelib stadionga tashrif buyurish bo'yicha mamlakatimizda buxorlik muxlislar mana bir necha yildirki etakchilik qilib kelishmoqda. Ushbu mavsumdan etiboran “Buxoro” PFK yangilikga qo'l urmoqda.

Futbol bo'lgan kun hamma vaqt muxlis uchun bayram sifatida qabul qilinadi. Har bir muxlis ushbu bayramni o'z yaqinlari, oila-azolari davrasida o'tkazishni istashi aniq. “Buxoro” futbol klubi muxlislarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, “Buxoro” sport majmuasida maxsus “Oilaviy sektor”ni ishga tushuradi.

Bu maxsus sektorda har qanday muxlis o'z yaqinlari, bolalari, xullas butun oila bo'lib tomosha qilish imkoniyatiga ega.

“OILAVIY SEKTOR” afzalliklari:

“Oilaviy sektor” “Buxoro” sport majmuasida futbol tomosha qilish uchun eng qulay bo'lgan “2-V” sektorida joylashgan. Ushbu sektorda bolalar borligi inobatga olingan holda qo'shimcha xavfsizlik chtoralari ko'riladi. Bundan tashqari “Oilaviy sektorda” chekish, nomaqbul so'zlar ishlatish qatiyan taqiqlanadi!

“Buxoro” jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun oilangiz bilan tashrif buyuring! Biz sizni kutamiz!

“Buxoro” - “Paxtakor” uchrashuvi 1 aprel, soat 18:45da boshlanadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика