Mbappe “Oltin butsa“ uchun kurashda birinchi o'ringa chiqib oldi
25 may 2025 08:43
Yangiliklar
Mbappe “Oltin butsa“ uchun kurashda birinchi o'ringa chiqib oldi
Kecha “Real Madrid“ La Liganing so'nggi turida “Real Sosedad“ga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Gollarga Kilian Mbappe mualliflik qildi. Shu tariqa, franciyalik hujumchining La Ligadagi gollarining soni 31 (62 ball) taga etdi. 26 yoshli futbolchi “Oltin butsa“ uchun kurashda birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Mbappe mazkur natija bilan “Sporting“ hujumchisi Viktor Gyokereshni ortda qoldirdi.
Shuningdek, “Liverpul“ yarim himoyachisi Muhammad Saloh hisobida 28 ta gol (56 ball) mavjud. Uning jamoasi APLda “Kristal Pelas“ga qarshi maydonga tushadi. Agar ushbu bahsda Saloh 3 tadan ko'p gol urmasa, Mbappe “Oltin butsa"ga ega chiqadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar