So’nggi yangiliklar

10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  0 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  3 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  1 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  4 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  5 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  10

Ulug'bek Bakaev: "Mag'lubiyatli seriyadan so'ng qayd etilgan durangni yaxshi natija deb hisoblayman" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Mag'lubiyatli seriyadan so'ng qayd etilgan durangni yaxshi natija deb hisoblayman"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Dinamo" (2:2) uchrashuvidan so'ng buxoroliklar ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Jamoamizda omadsiz seriya davom etayotgan edi. Shu sababli o'yin boshida raqibimiz o'yinni nazorat qildi va gol ham urishdi, ammo ikkinchi bo'limda biz ikkita gol urdik. O'yin so'ngida esa "Dinamo" futbolchisining individual mahorat tufayli gol o'tkazib yubordik va durang qayd etdik. Mag'lubiyatlar seriyasidan so'ng qayd etilgan durangni yaxshi natija deb hisoblayman. Futbolchilarimdan minnatdorman", - deya fikr bildirdi Ulug'bek Bakaev bugungi bahs haqida.


- "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng bir nechta rotaciya ro'y berdi. Ushbu o'zgarishlar bugun qanchalik ish berdi deb o'ylaysiz? "Paxtakor"dan 6ta gol o'tkazib yuborilgani uchun asosiy futbolchilarni zaxiraga joyladingizmi?

- Bunga sababi kimdir yaxshi yoki yomon o'ynaganidan emas. Jamoaning ruhiy holati yaxshi emas edi. Sportchilarda bunday holat uchrab turadi. Masalan, mashg'ulotlarimizni kuzatgansiz futbolchilar qay darajada mahoratli ekanligini bilib olasiz, ammo maydonda esa boshqacha holat. Futbolda psixologiya katta rol o'ynaydi. Biz shu sababli rotaciyaga qo'l urdik. Misol uchun, "Paxtakor" o'tgan uchrashuvdagi har bir zarbasi golga aylanib ketaverdi. Xuddi ertaklardagidek. Bugun ham ikkita gol o'tkazdik, ammo ikkita gol ham ura oldik. G'alaba ushlab qola olmaganimiz alamli, biroq bu futbol.



- Bugun asli himoyachi Franke Ikich o'ziga xos bo'lmagan poziciyada harakatlandi. Bunga sabab nima bo'ldi?

- Biz 0:1 hisobida mag'lub bo'layotganimizda hujumga o'ta boshladik va barcha futbolchilar oldinga o'tishi kerak edi. Ikich esa to'plarga egalik qilishi talab qilinar edi. Biz ikkita standart vaziyatdan keyingi to'plardan gol urib ketdik.

- Bugun Otabek Boymurodov maydonga tushdi. Uning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Darvozabon uzoq vaqt o'yin amaliyotiga ega bo'lmaganidan so'ng o'yin tempini his qilishga qiynaladi. Bugun Boymurodov yomon o'ynadi demayman. Otabek birinchi golni bartaraf etishi mumkin edi, agarda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lganida. Unga etirozim yo'q.

- Ikkinchi bo'limda changli shamol boshlanib ketdi. Ushbu ob-havo futbol o'ynashni qanchalik qiyinlashtirib yubordi?

- Ob-havo o'zgarishi "Dinamo"ga ustunlik berdi deb hisoblayman. Sababi shamol biz tomonga esa boshladi. Bu esa noqulaylik tug'diradi, lekin shunga qaramay ikkita gol urishga muvofiq bo'ldik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика