Sherzod Nasrullaev: "Bu hali boshlanishi, bunday g'alabalar ko'proq bo'lishiga harakat qilamiz"
27 may 22:55
Yangiliklar


Sherzod Nasrullaev: "Bu hali boshlanishi, bunday g'alabalar ko'proq bo'lishiga harakat qilamiz"
O'zbekiston Superkubogida "Andijon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Nasaf" futbolchisi Sherzod Nasrullaev hissiyotlari haqida gapirdi.
- Avvalambor, bugungi g'alabani Qashqadaryodan shu ergacha kelgan muxlislarga bag'ishlaymiz. Albatta, biz bu sovringa munosib edik. O'ylaymanki, bu hali boshlanishi, oldinda bunday g'alabalardan ko'proq qo'lga kiritishga harakat qilamiz.
- "Nasaf" ketma-ket ikkinchi marta superkubokni qo'lga kiritdi. Buning siri nimada?
- Jamoa birdam bo'lsa, barcha ish o'xshaydi. Biz ham birlashib barchasiga erishyapmiz.
- Bugungi o'yin atmosferasini yuqori darajaga olib chiqqan muxlislar haqida nima deya olasiz?
- "Andijon" muxlislariga rahmat aytaman. O'zimizning muxlislarga minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, bugun o'yinga tushib, yuqori atmosferani yuzaga keltirgan butun O'zbekiston muxlislariga ham rahmat aytaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar