Husayn Norchaev: "Sovrinni ota-onamga bag'ishlayman"
27 may 22:24
Yangiliklar


Husayn Norchaev: "Sovrinni ota-onamga bag'ishlayman"
O'zbekiston Superkubogida "Andijon"ga qarshi o'yinda yagona gol muallifi bo'lgan Husayn Norchaev o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
- Hissiyotlar alo darajada. Shukur, qaytganimdan keyingi birinchi kubogim. Bu sovrinni ota-onamga bag'ishlayman. Ularga rahmat aytaman, ota-onam xursand bo'lishsa, men ham xursandman.
- Muxlislar haqida nima deya olasiz?
Bugun yomg'irli havo bo'lgan bo'lsa-da, shu erga kelib, bizni qo'llab-quvvatlagani uchun muxlislarga katta rahmat aytamiz. Ular doimo biz bilan bo'lishsin, muxlislarning ishonchini oqlaymiz.
- Qo'lingizdagi o'yinchoqni qaysi muxlis sovg'a qildi?
- O'zimga tanish bo'lgan muxlis. Unga katta rahmat, Toshkentga har kelganimda sovg'a beradi. Etibor uchun katta rahmat.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
“Андижон” курашди. Бошини эгиб эмас, тик тутиб майдонни тарк этса бўлади.