"Bunyodkor" logotipida YULDUZ
08 noy 2013 15:54
Yangiliklar

"Bunyodkor" logotipida YULDUZ
O'z tarixidagi beshinchi chempionlikni qo'lga kiritgan Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi o'z logotipiga kichik o'zgartirish kiritadigan bo'ldi.
Xabaringiz bor, O'zbekiston chempionatida besh marotaba chempionlikni qo'lga kiritgan jamoalar o'z logotiplariga yulduz qo'yishni odat qilganlar. Ilk yulduz "Neftchi" tomonidan qo'lga kiritilgan. Bunga farg'onaliklar 2001 yili erishganlar. "Paxtakor" esa 2004 yil o'z logotipini yulduz bilan bezagan. SHu o'rinda aytib o'tish lozimki, bu ananani "Paxtakor" boshlagan edi. SHundan keyin "Neftchi" ham o'z yulduzini namoyish qilgan. Bugungi g'alabadan so'ng "Bunyodkor" ham shunday baxtga sazovor bo'ldi.
Ayni paytda "Paxtakor" hisobida 9ta chempionlik bor va yana bitta oltin medaldan keyin jamoa yulduzlari sonini bittaga ko'paytirib olishi mumkin. Yana shuni takidlab o'tish lozimki, ushbu qoida klublar tomonidan qabul qilingan, ammo rasmiy maqomga ega emas. Ajab emas keyinchalik buni PFL o'z reglamentida qayd etadi.
P.S: Yulduzning rangi qanday ko'rinishda bo'lishi "Bunyodkor" FK tomonidan qabul qilinadigan dizaynga bog'liq.

Fikrlar