“Bunyodkor” – “Al-Hilol”. Video prevyu
07 may 2014 12:55
Yangiliklar
“Bunyodkor” – “Al-Hilol”. Video prevyu
“Al-Hilol” klubi Saudiya Arabistonining eng sovrindor klubi hisoblanadi. Klub muzeyida oz emas, ko'p emas naqd – 53ta tur xil yirik sovrin bor. Ar-Riyodliklar 13 karra Saudiya Arabistoni chempioni, 6 karra “Qirol kubogi”, 12 karra “SHahzoda kubogi”, 8 karra “Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi kubogi”, bir marta “Saudiya futbol fondi kubogi”, 2 karra Osiyo klublar chempionati g'olibligi (hozirgi Osiyo CHempionlar ligasi), 2 karra Osiyo kubok egalari kubogi sohibi, 2 karra Osiyo super kubogi, 2 karra arab mamlakatlari kubok egalari sohibi, 2 karra arab mamlakatlari CHempionlar ligasi g'olibi, arab mamlkatlari super kubogi sohibi va Saudiya-Misr super kubogi sohibi hisoblanishadi.
Klub 1957 yili tashkil topgan. Uy uchrashuvlarini 67 ming muxlisga mo'ljallangan “Qirol Fahd” stadionida o'tkazishadi. Jamoa joriy yilgi Osiyo CHempionlar ligasi turnirida Saudiya Arabistoni vice-chempioni sifatida ishtirok etmoqda. “Al-Hilol” chorak finalga “V” kvartetida Qatarning “Al-Sadd”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ahli” va Eronning “Sepahon” klublaridan ko'proq ochko jamg'arib, birinchi o'rin bilan yo'llanma oldi. Etiborlisi, saudiyaliklar ham xuddi “Bunyodkor” singari guruh bosqichining birinchi davrasidan so'ng atigi ikki ochkoga ega edilar. Lekin Sami Al-Jabr murabbiylik qilayotgan klub ikkinchi davra uchrashuvlarida yuqori natijalar qayd etib, guruhni birinchi o'rinda yakunladi.
“Bunyodkor” guruh bosqichini fantastik tarzda qanday o'tkazgani muxlislarga juda yaxshi tanish.
“Bosslar” laqabi bilan nomlanadigan ar-riyodliklar Osiyo CHempionlar ligasida 10-bor ishtirok etishmoqda. Klubning hozirgacha qayd etgan eng yaxshi ko'rsatkichi 2010 yilgi turnirga to'g'ri keladi. O'shanda “Al-Hilol” final ostonasida Eronning “Zob-Ahan” klubiga imkoniyatni boy berib qo'yishgandi.
“Al-Hilol”ning OCHLda qayd etgan ko'rsatkichlari |
|
Yil |
Bosqich |
2014 |
1/8 final (hozircha) |
2013 |
1/8 final |
2012 |
1/4 final |
2011 |
1/8 final |
2010 |
1/2 final |
2009 |
1/8 final |
2008 |
Qatnashmagan |
2007 |
1/4 final |
2006 |
Guruh bosqichi |
2005 |
Qatnashmagan |
2004 |
Guruh bosqichi |
2002/2003 |
Guruh bosqichi |
Qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turniri – Osiyo CHempionlar ligasi turnirida “Bunyodkor” ettinchi bor qatnashmoqda. Quvonarlisi shundaki, “qaldirg'ochlar” har safar guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tishmoqda. Bu borada “Bunyodkor” turnirning rekordchisi hisoblanadi.
“Bunyodkor”ning OCHLda qayd etgan ko'rsatkichlari |
|
Yil |
Bosqich |
2014 |
1/8 final (hozircha) |
2013 |
1/8 final |
2012 |
1/2 final |
2011 |
1/8 final |
2010 |
1/8 final |
2009 |
1/4 final |
2008 |
1/2 final |
Endi “Al-Hilol”ning O'zbekiston, “Bunyodkor”ning esa Saudiya Arabistoni klublariga qarshi o'tkazgan uchrashuvlariga to'xtalib o'tamiz. “Al-Hilol” vakilari yurtimiz klublari bilan hozirgacha etti bor ro'baro' kelgan. SHularning beshtasi saudiyaliklar zafar quchishgan. Bir o'yinda durang qayd etishib, bir bor mag'lubiyat alamini tortib ko'rishgan. To'plar faqi borasida “Al-Hilol” sezilarli ustunlikka ega 15:3.
“Al-Hilol”ning O'zbekiston klublariga qarshi o'tkazgan o'yinlari |
|||
Yil |
Bosqich |
Mehmonda |
Uyda |
2006 |
Guruh bosqichi |
“Mashal” – “Al-Hilol” 2:0 |
“Al-Hilol” – “Mashal” 5:0 |
2007 |
Guruh bosqichi |
“Paxtakor” – “Al-Hilol” 0:2 |
“Al-Hilol” – “Paxtakor” 2:0 |
2009 |
Guruh bosqichi |
“Paxtakor” – “Al-Hilol” 1:1 |
“Al-Hilol” – “Paxtakor” 2:0 |
2010 |
|
|
“Al-Hilol” – “Bunyodkor” 3:0 |
“Bunyodkor” esa Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi bungacha 11ta bahsda maydonga tushgan. O'tkazilgan o'yinlarning 4tasida “qaldirg'ochlar” g'olib chiqishgan yana shunchasida mag'lubiyatga uchrashgan. Qolgan 3ta o'yinda esa kuchlar teng kelgan. To'plar farqi – 11:14.
“Bunyodkor”ning Saudiya Arabistoni klublariga qarshi o'tkazgan o'yinlari |
|||
Yil |
Bosqich |
Mehmonda |
Uyda |
2008 |
Guruh bosqichi |
“Al-Ittihod” – “Bunyodkor” 1:0 |
“Bunyodkor” – “Al-Ittihod” 2:0 |
2009 |
Guruh bosqichi |
“Al-Ittifoq” – “Bunyodkor” 4:0 |
“Bunyodkor” – “Al-Ittifoq” 2:1 |
2010 |
Guruh bosqichi |
“Al-Ittihod” – “Bunyodkor” 1:1 |
“Bunyodkor” – “Al-Ittihod” 3:0 |
1/8 final |
“Al-Hilol” – “Bunyodkor” 3:0 |
|
|
2011 |
Guruh bosqichi |
“Al-Ittihod” – “Bunyodkor” 1:1 |
“Bunyodkor” – “Al-Ittihod” 0:1 |
2013 |
Guruh bosqichi |
“Al-Fath” – “Bunyodkor” 0:0 |
“Bunyodkor” – “Al-Fath” 3:2 |
“Bunyodkor” o'zi uchun eng og'ir bo'lgan guruh bosqichini yakunlab oldi. Deyarli har yili mavsumga Osiyo CHempionlar ligasi bilan kirib boradigan klublarimiz hali o'yin amaliyotini to'liq shakllantirib ulgurmasidan, anchayin qizg'in pallada davom etayotgan arab mamlakatlari klublari bilan uchrashuvlar o'tkazishardi. Endi vaziyat bosqacharoq. O'zbekistonda klublarimiz ettinchi turni yakunlashdi va aytish mumkinki, ko'p jihatlar bo'yicha o'z harakatlarini charhlab olishdi. Saudiyada esa joriy yilgi futbol mavsumi yakunlanganiga roppa-rosa bir oy bo'ldi. O'ylaymizki, bu jihat “Bunyodkor”ga qo'l keladi va O'zbekistonning Osiyo CHempionlar ligasidagi yagona klub turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettiradi.
Muxlislarni 7 may kuni “Paxtakor” markaziy stadionida soat 18:00da boshlanadigan “Bunyodkor” – “Hilol” bahsiga chorlab qolamiz. Yurtdoshlarimizga ishqibozlarning stadiondagi daldasi juda muhim.
(TAS-IX)
(TAS-IX emas)
Fikrlar