So’nggi yangiliklar

20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  1 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  2 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  5 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  19 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2

Bundesliga boshlangani - boshqalarga turtki Yangiliklar

Bundesliga boshlangani - boshqalarga turtki

Kuchli beshlik chempionatlari orasida birinchi bo'lib ortga qaytgan Germaniya Bundesligasi bo'ldi.

Nihoyat bir necha bor ikkilanishdan so'ng kecha navbatdagi tur uchrashuvlariga start berildi. Butun dunyoni koronavirus pandemiyasi vahimada ushlab turgan bir paytda Germaniya chempionatni tugatib qo'yishni lozim topdi. Masalan, Fanciyada buyog'iga Liga 1 o'tkazilmaydigan bo'ldi. Italiya, Angliya, Ispaniya aftidan Germaniyadan o'rnak olib tez kunlarda bir qarorga kelishsa kerak. 

CHempionatni tugatib qo'yish-qo'ymaslik har bir mamlakatning ichki ishi hisoblanadi. Buni qanday hal qilish futbol uyushmalari qaroriga bog'liq. Germaniya ham tezda bir qarorga kela olmadi. Aprelda yig'ilib 9 mayda boshlaymiz deyishdi, bo'lmadi. Keyin 16 may degan to'xtamga kelishdi. 

Bir tomondan ikki oylik tanaffusdan so'ng yana Bundesliganing qaytgani yaxshi bo'ldi. CHunki baribir jonli o'yinlarsiz zerikib qolgandik. Kechagi bahslarni ko'rib nima deyish mumkin, ikki oylik tanaffus o'z tasirini ko'rsatmay qolmabdi. Odatda Germaniyada mavsum so'ngida jamoalar umuman boshqacha shiddat namoyish etardi. Lekin hozir vaziyat boshqa. Ikki oy futbol o'ynamaslik baribir har qanday sportchiga tasir qiladi. Buni "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xaaland ham o'yindan keyingi intervyusida aytib o'tdi.

Kechagi o'yinlarni ko'rib yana bir karra amin bo'ldikki, Germaniyada futbolni bezab turgan muxlislar ekan. Muxlislarsiz Bundesliga xuddi o'zimizning Superligaga o'xshab qoldi. Klublar saviyasi top deb bo'lmaydi, balki bu ikki oy futbol o'ynamagandan bo'lishiyam mumkin. Ammo tashkilotchilik va karantin qoidalariga amal qilish joyida. Zaxira o'yinchilari ikki metrlik masofada o'tirishibdi, maydondagi futbolchi va hakamlardan tashqari hamma niqob taqqan, fotosuratchilar ham yo'q hisobi. Xullas bo'm-bo'sh stadionda futbol o'ynalyapti.

Mayli, bo'sh stadionda bo'lsayam boshqa chempionatlarni sog'indi odam. Ayniqsa yurtimizda Angliya, Ispaniya va Italiya chempionati ixlosmandlari ko'plab topiladi. Biz hozir "Real" qay ahvolda, "Barsa" nima bilan mashg'ul, "Yuve" nimalar qilyapti, bilmaymiz, ammo o'yinlarini ko'rgimiz keladi. Qariyb 100 ming muxlisni o'z bag'riga sig'diradigan hashamatli "Kamp Nou"da muxlislarsiz o'yinni ko'rish ham o'ziga yarasha qiziq bo'lsa kerak.

O'ylamizki, Bundesliga rahbariyatining yakuniy to'xtamga kelib chempionatni tugatib qo'yishi kuchli beshlikning boshqa vakillariga ham turtki beradi. Lekin aytib o'tganimizdek, qanday qaror chiqarish har bir federaciyaning ichki ishi. Germaniyada koronavirusdan zararlanganlar soni 176,244 nafardan oshdi, o'tgan bir sutka ichida 323taga ko'paydi. Vafot etganlar: 8,027 (o'tgan bir sutkada +24), tuzalganlar esa 152,600. Germaniya koronavirusdan zararlanish bo'yicha Evropaning yuqori o'ntaligida boryapti, ammo Bundesliga rahbariyati klublarni tushungan holda o'yinlarni davom ettirishga qaror qildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика