Javohir Sidiqov: "Yutsa jamoa yutadi, yutqazsa ham jamoa yutqazadi"
30 sen 00:27
Yangiliklar
Javohir Sidiqov: "Yutsa jamoa yutadi, yutqazsa ham jamoa yutqazadi"
- O'yin haqida...
- O'zingiz guvoh bo'ldingiz, "Al Hilol" Osiyoning eng yaxshi jamoasi hisoblanadi. O'yinni oamdsiz boshladik. Birinchi turda ham, bugun ham g'alaba uchun maydonga tushgandik. Nasib qilmagan ekan. Keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonib, guruhdan chiqishga harakat qilamiz.
- Gol urganingizdan keyin zaxiraga olindingiz...
- Jarohat olganim sababli almashtirildim.
- "Nasaf"ning oxirgi golni o'tkazib yuborishiga mazkur o'zgarishlar ham tasir o'tkazmadimi? Sizning o'rningizga yosh o'yinchiga imkon berildi. Tajriba etishmagan bo'lishi mumkin.
- Unday demagan bo'lardim. Yutsa jamoa yutadi, yutqazsa ham jamoa yutqazadi. Qaysidir jabhalarda etiborsizilik qilgandirmiz. Kichik xatolar sabab gol o'tkazib yubordik, deb o'ylayman.
- Elit OCHLdagi dastlabki ikki tur Saudiya klublariga qarshi o'tkazildi. Qaysi biri qiyinroq bo'ldi?
- Ajratmagan bo'lardim. Ikkalasining o'ziga yarasha ustunligi bor. Ularni Saudiyaning ikki grandi emas, Osiyoning ikki grand jamoalari deb atagan bo'lardim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar
Sababi Super ligadagi kuchli raqobat
( sotilsa ham senlarni chonchaklaring kotarmaydi )))