"Liverpul" Braziliyaning yosh iqtidorlaridan birini nishonga oldi
19 dek 2025 16:06
Yangiliklar
"Liverpul" Braziliyaning yosh iqtidorlaridan birini nishonga oldi
“Gremio” vingeri Gabriel Mek Tumanli Albionga ko'chib o'tishi mumkin.
17 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira o'z ijtimoiy tarmoqlarida malum qildi.
"Liverpul"da Mekning salohiyatiga yuqori baho berishmoqda. Braziliyada Gabriel bugungi kunda asosiy yosh istedodlardan biri hisoblanadi. O'yin uslubiga ko'ra, uni Vinisius Junior bilan taqqoslashadi.
Avvalroq OAV Mekni "Chelsi" va "Manchester Yunayted"ga bog'lagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar