So’nggi yangiliklar

19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  0 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  2 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  5 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  0 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  0 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  2 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  2 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  4 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  11 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  51

Bugun 16:45. Singapur - O'zbekiston Yangiliklar

Bugun 16:45. Singapur - O'zbekiston

Bugun JCH-2022 saralashi doirasidagi Singapur - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz Toshkent vaqti bilan soat 16:45da Singapurdagi "Milliy" stadionda maydonga tushadi.  


HAKAM

Mazkur o'yinni xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – SHen Yinhao. Unga qanotlarda hamyurtlari – Song Ciangyun hamda Jang CHeng yordam berishadi. Zaxira hakami – Jang Ley.

"D" guruhi
15 oktyabr | 16:45
"Singapur Milliy stadioni"
SINGAPUR – O'ZBEKISTON
Bosh hakam
: SHen Yinhao (Xitoy)
Yordamchi hakamlar: Song Ciangyun (Xitoy), Jang CHeng (Xitoy).
Zaxira hakami: Jang Ley (Xitoy).
Nazoratchi: Ala Al Abadi (Iroq).
Komissar: Kanya Keomani (Laos).


O'ZARO O'YINLAR

SHu kunga qadar bu jamoalar o'zaro ikki bor to'qnash kelishgan. JCH-2010 saralashi doirasida kechgan bahslarning birinchisi Singapurda kechgan va unda terma jamoamiz 7:3 hisobida g'alabaga erishgan. Jamoamiz safida Temur Kapadze, Viktor Karpenko, Server Jeparov (2ta), Vitaliy Denisov, Aziz Ibragimov va Maksim SHackix mezbonlar darvozasiga gol urishgan.

Toshkentdagi bahsda Aleksandr Geynrix tomonidan urilgan yagona gol jamoamizga qiyin g'alabani keltirgandi. Keyinroq FIFA bu bahs natijasini bekor qilgan va Singapurga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozgan. Bunga Singapur safida maydonga tushishi mumkin bo'lmagan futbolchi o'ynagani sabab bo'lgandi.

Demak, O'zbekiston ikkala o'yinda ham Singapurni mag'lub eta olgan. To'plar nisbati FIFA hisob-kitobiga ko'ra 10:3. Aslida esa Singapur darvozasiga 8ta gol urganmiz va 3ta to'p o'tkazib yuborganmiz.

02.06.2008 - Singapur - O'zbekiston 3:7
Gollar:
Aleksandr Durich 16, Fahrudin Mustafich 31, Jon Uilkinson 73 - Timur Kapadze 10, Viktor Karpenko 22, Server Jeparov 34, 44, Vitaliy Denisov 42, Aziz Ibragimov 62, Maksim SHackix 88.

07.06.2008 - O'zbekiston - Singapur 1:0 (3:0 texnik g'alaba)
Gol:
Aleksandr Geynrix 80


GURUHDAGI VAZIYAT

"D" guruhida 3ta turdan so'ng Saudiya Arabistoni va Singapur 4tadan ochko bilan peshqadam bo'lib turishibdi. O'zbekiston hamda Falastin hisobida 3tadan ochko bor. 2 ochkoga ega Yaman guruhda hozircha so'nggi o'rinda bormoqda. 

Bugun O'zbekiston safarda Singapur mehmoni bo'lsa, Saudiya Arabistoni Falastinga qarshi safarda o'ynaydi.

 




O'YINDAN OLDIN

Kecha ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumanlari bo'lib o'tdi. Bizdan Timur Kapadze va darvozabon Abdumavlon Abdujalilov jurnalistlar savollariga javob qaytarishdi.

Singapur bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan bahsda bir soniyaga to'xtasak, barchasi tamom..."

Timur Kapadze: "Abramov kelgach hujumkor o'ynay boshladik" (matbuot anjumani)          


Singapore

Ikhsan Fandi - 45'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 4-tur

15/10/2019, 17:45

3
:
1
Tugadi

Uzbekistan

Odil Akhmedov - 15', Eldor Shomurodov - 51', Eldor Shomurodov - 90'

Stadion: 12547 tomoshabin

45'
90'
31'  Shawal Anuar
45'  Ikhsan Fandi
61'  Shawal Anuar (Faris Ramli)
69'  Ikhsan Fandi (Gabriel Quak Jun Yi)
81'  Zulfahmi Arifin (Irwan Shah)
15'  Odil Akhmedov
51'  Eldor Shomurodov
52'  Otabek Shukurov (Ikrom Alibaev)
57'  Jaloliddin Masharipov
70'  Jaloliddin Masharipov (Sardor Mirzayev)
90'  Eldor Shomurodov
90'  Dostonbek Khamdamov (Igor Sergeev)

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика