Karim Benzema JCHda o'ynashga qarshi emas
12 dek 2025 10:45
Yangiliklar
Karim Benzema JCHda o'ynashga qarshi emas
"Kim Jahon chempionatida o'ynashni istamas ekan? Barcha futbolchi buni xohlaydi.
Futbol va musobaqalashishni yaxshi ko'raman. Shu sababli Franciya termasi bilan Jahon chempionatiga borish imkoniyati tug'ilsa, men rad javobini beraman desam, yolg'onchiga chiqib qolaman. Agarda meni chaqirishsa, o'ynayman. Menda hali ham ambiciyalar yuqori.
Futbolni, g'alabalarni, sovrinlar yutishni sevaman. Bu men uchun eng muhimi. Hozir men jamoam bilanman. Termaga chaqirishsa, o'ynashga tayyorman. Bu mendan talab qilinadigan yagona narsa", - dedi Benzema.
Benzema terma jamoadoshi Mate Valbuena bilan bo'lgan mojarodan keyin 2015 yilda termadan chetlatilgandi. 2021 yilda u milliy jamoaga chaqiruv oldi. 2022 yilda esa Karim termadagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar