Buffon “Oltin to'p-2003” haqida: “O'sha mavsum ECHLda eng yaxshisi bo'lgandim, ammo yakuniy beshlikka kiritilmaganman”
17 may 2022 09:15
Yangiliklar
Buffon “Oltin to'p-2003” haqida: “O'sha mavsum ECHLda eng yaxshisi bo'lgandim, ammo yakuniy beshlikka kiritilmaganman”
Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon “Oltin to'p” marosimi haqida gapirdi.
- “Oltin to'p”ni qo'lga kirita olmaganingizdan jaxlingiz chiqadimi?
- Hamma narsa ham mantiqiy bo'lmaydi. 2003 yil CHempionlar ligasida eng yaxshi futbolchi deb topildim, bu darvozabonlar bilan kam uchraydi va yakuniy beshlikdan joy olmadim.
- Jurnalistlar etiborsiz qoldirishdimi? Ularga qatiyat etishmaganmi?
- Menga farqi yo'q, chunki bu kabi sovrinlar meni qiziqtirmaydi. Ammo munosiblar o'z joyida bo'lishini xohlayman, chunki bu sport va ko'pincha buni ko'rmayapman”, deydi Buffon.
Eslatib o'tamiz, 2003 yilgi “Oltin to'p” Pavel Nedvedga nasib etgan. Terri Anri, Paolo Maldini, Andrey SHevchenko va Zinedin Zidan kuchli beshlikdan o'rin egallagandi. Buffon esa ro'yxatda 9-o'rinda qayd etilgan.
Fikrlar