So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  1 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  1 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

Bu yil Liga kubogi o'tkaziladimi? Yangiliklar

Bu yil Liga kubogi o'tkaziladimi?

2019 yil tashkil qilingan O'zbekiston Liga kubogi musobaqasi o'tgan mavsum pandemiya sabab bekor qilingan edi.

Rejaga ko'ra mazkur musobaqada qo'shni mamlakat jamoalari ham ishtirok etishi ko'zda tutilgandi. Biroq, yuzaga kelgan pandemik vaziyat, tig'iz taqvim tufayli turnir bo'lmadi. Biz ushbu masalaga yana qaytdik va O'zPFL vakiliga yuzlandik. Liga kubogi o'tkazish tashkilotning rejasidan o'rin olganmi?

"O'zbekiston Liga kubogi musobaqasi o'tkazish rejalarimizdan o'rin olgan, albatta. Aslida, bu turnir nafaqat O'zbekiston, balki Tojikiston, Turkmaniston va Qirg'iziston jamoalari ham ishtirok etadigan qiziqarli formatda o'tishi ko'zda tutilgan edi. Biroq o'tgan yili pandemiya tufayli rejalarimiz o'zgarib ketdi. Lekin vaziyat o'z iziga tushgach, albatta o'sha rejalarimizni amalga oshiramiz. Liga kubogining bu yil o'tish yoki o'tmasligi epidemiologik sharoit hamda u keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan muammolar o'rganilganidan keyingina alohida hal etiladi. Agar barchasi o'z iziga tushsa, yilning ikkinchi yarmida mazkur musobaqani o'tkazishimiz mumkin",- deydi O'zPFL vakili Zohir Akramxonov

Malumot o'rnida takidlash joiz, Liga kubogi hozirga qadar bir marotaba 2019 yil o'tkazilgan va unda "Paxtakor" finalda AGMKni yirik 6:2 hisobida mag'lub etgan holda bosh sovringa ega chiqqandi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика