BREAKING: CHempionlar Ligasi qachon qaytishi rasman elon qilindi!
17 iyu 2020 19:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/574862_original.jpg)
![](/upload/storage/574862_220.jpg)
BREAKING: CHempionlar Ligasi qachon qaytishi rasman elon qilindi!
UEFA ijroiya qo'mitasi ECHL joriy mavsumining qolgan bahslari qanday tartibda va qachon o'tkazilishi haqda bayonot berdi.
Unga ko'ra, musobaqaning 1/8 finali doirasidagi 4ta javob bahsi 7-8 avgust kunlari bo'lib o'tadi. 7 avgustga "Yuventus" – ”Lion” va "Barselona" – ”Napoli”, keyingi kunga esa "Manchester Siti" – "Real" va "Bavariya" – "CHelsi" to'qnashuvlari belgilandi.
CHorak final bosqichidan boshlab barcha uchrashuvlar Lissabonda "sakkizlik finali" shaklida, bitta o'yindan iborat holda o'tkaziladi. 1/4 final – 12-15 avgust, yarim final – 18-19 avgust, hal qiluvchi bellashuv esa 23 avgustda sanalarida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, chorak final yo'llanmasiga "Atalanta", "Atletiko", PSJ va "RB Leypcig" ega chiqib bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar